Sport | 09:40 / 16.12.2018
14922
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ 11 nafar rossiyalik sportchidan Olimpiada medallarini qaytarishni talab qildi 

Foto: Clive Mason/Getty Images

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik 11 sportchi va ularning jamoaviy sport turlari bo‘yicha jamoadoshlarini Sochidagi qishki Olimpiadada qo‘lga kiritgan medallarini qaytarishni talab qildi.

“XOQ Sochidagi Olimpiadada aksildoping qoidalarni buzganliklari Sport arbitraj sudi tomonidan tasdiqlangan 11 rossiyalik sportchidan medallarni qaytarishni talab qildi”, deyilgan XOQ xabarida.

Ro‘yxatga quyidagi sportchilar kirgan: bobsleychilar Aleksandr Zubkov, Aleksey Voyevoda, Aleksandr Kasyanov, Aleksey Pushkarev, Ilvir Xuzin, chang‘ichilar - Yuliya Ivanova, Yuliya Chekaleva, Anastasiya Dotsenko, ayol xokkeychilar - Galina Skiba, Anna Shibanova va Inna Dyubanok. Sochidagi Olimpiadada Zubkov va Voyevoda ikkiliklar va to‘rtliklar bahslarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Ular bilan birga to‘rtlik bahslarida Aleksey Negodaylo va Dmitriy Trunenkov ham ishtirok etgan.

Mavzuga oid