Aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlaydi hamda hal qilinishini ta'minlaydi;
tuman (shahar) Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a'zolaridan iborat ishchi guruhlar hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qiladi, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantiradi;
qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari ijrosi tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari kompleksi (A.Ramatov) tomonidan ta'minlanadi;
qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari ijrosi tegishli Xalq qabulxonalari va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi;
o‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda aks etgan tizimli muammolar davlat investitsiya dasturlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi. Ushbu dastur va loyihalar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishiladi;
Xalq qabulxonalari jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni o‘rganish, aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta'minlash choralarini ko‘radi;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi;
Xalq qabulxonalari sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun har chorakda axborot kiritadi hamda ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisoboti eshitiladi;
respublika darajasida hal etiladigan muammolar to‘g‘risida ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hal qilish uchun kiritiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyalik general: YeI AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini almashtira oladi
Jahon | 08:26
-
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:16
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
Mavzuga oid

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

14:02 / 16.11.2024