UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO) Yevropa mintaqaviy komissiyasining 2020 yilda o‘tkaziladigan 65-yubiley yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi belgilandi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Aqqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 27-30 may kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida o‘tayotgan UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining 64-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Komissiya kun tartibidan quyidagi masalalar muhokamasi o‘rin oldi:
· Bosh kotibning 2018-2019 yillardagi dastur asosida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisoboti;
· Yevropa komissiyasining 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan dasturi sarhisobi;
· UNWTO bosh kotibiyati va quyi tashkilotlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish va ularni tasdiqlash;
· Yevropa komissiyasi Ijroiya qo‘mitasi va boshqa yordamchi organlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish, tayinlash va h.k.
· UNWTO Yevropa mintaqaviy komissiyasining 65-yubiley yig‘ilishi o‘tkaziladigan mamlakatni belgilash.
64-yig‘ilish doirasida “O‘sish, innovatsiya va hamkorlik” mavzuida interaktiv seminar ham tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki, yig‘ilishda O‘zbekistonning turistik jozibadorligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi va u ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Butunjahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Z.Pololikashvili O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yuqori baholab, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari yig‘ilish ishtirokchilarida katta taassurot qoldirganini ta'kidladi va jahonga yuz tutayotgan O‘zbekiston hamda prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan oqilona siyosat haqida iliq fikrlar bildirdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, Z.Pololikashvili 2020 yilda UNWTO Yevropa Komissiyasining 65 yillik yubileyi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03 / 15.06.2025
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45 / 15.06.2025
Mavzuga oid

13:35 / 11.06.2025
O‘zbekistonda iyun oxiridan ichki aviaqatnovlar soni ko‘payadi

08:20 / 09.06.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

13:27 / 06.06.2025