232 million so‘mlik «Tropikamid» va «REGAPEN» dori vositalarining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi
Kecha, 6 oktabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan «Chinor» yo‘l patrul postida «Tropikamid» va «REGAPEN» nomli dori vositalarini noqonuniy olib o‘tishga urinish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, yo‘l patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro M.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 112,2 million so‘mlik 6600 dona «Tropikamid 10 mg» va 120 million so‘mlik 8400 dona «REGAPEN 300 mg» nomli dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 232,2 million so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Xarkiv bo‘ylab urush davridagi eng yirik zarbani yo‘lladi
Jahon | 12:54
-
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda
Jamiyat | 12:30
-
JCh saralashi: Angliyada yuz foizlik ko‘rsatkich, Albaniya va Serbiya bahsida yana mojaro
Sport | 11:55
-
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:21
Mavzuga oid

08:43 / 04.02.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi

14:09 / 27.03.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, hududiy boshqarmalarda ham o‘zgarishlar

15:01 / 19.11.2021
Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari: Nega yoshlar o‘zlarini zaharlashmoqda?

18:11 / 01.04.2019