Yaponiyada ham kruiz layner karantinga olindi. Undagi 10 kishida koronavirus aniqlangan
Yaponiyadagi kruiz kemasida 10 kishida 2019-nCoV virusi keltirib chiqargan pnevmoniya aniqlandi. Rasmiylarning qarori bilan, to‘rt mingga yaqin kishini o‘z ichiga olgan kema ikki hafta davomida Yokogama qirg‘oq akvatoriyasida karantinda bo‘ladi.

Diamond Princess Yokogama qirg‘oqlari yaqinida Foto: The Washington Post
«Daymond prinsess» kruiz kemasi 20 yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima-Hongkong-Okinava yo‘nalishidan o‘tib, dushanba kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib bir necha odam tobi qochgani haqida shikoyat qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshirishga qaror qilgan.
Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi chorshanba kuni shifokorlar 10 kishida yangi koronavirus sabab bo‘lgan pnevmoniyani aniqlashganini xabar qildi. Rasmiylarga ko‘ra, virus hongkonglik yo‘lovchi tomonidan yuqtirilgan bo‘lishi mumkin.
Tashuvchi kompaniyaning xabar berishicha, Yaponiyaga samolyotda uchib kelgan 80 yoshli erkak 20-25 yanvar kunlari «Daymond prinsess» bortida bo‘lgan. Hongkongda undan koronavirus topilgan.
Hukumatdagilar xabar berishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan.
«Daymond prinsess» layneri operatori o‘z veb-saytida xabar berishicha, uch yapon, Xitoyning uch fuqarosi, ikki avstraliyalik va AQShning bir fuqarosi, shuningdek, filippinlik (ekipaj a'zosi) tasdiqlangan tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Yaponiyaning NHK telekanali xabariga ko‘ra, to‘rt kishining yoshi 50dan 60 yoshgacha, yana to‘rt nafari 60 yoshdan 70 yoshgacha, biri 70 yoshdan, boshqasi 80dan oshgan. Ularning hech birining ahvoli og‘ir emasligi aytilgan.
Kruiz kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, «Daymond prinsess» bortida jami bo‘lib 2666 yo‘lovchi va ekipajning 1045 a'zosi bo‘lgan. Ularning qariyb yarmi Yaponiya fuqarolari, ammo laynerda jami 56 mamlakatdan fuqarolar bor.
«Daymond prinsess» operatori karantindagi yo‘lovchilar zarur bo‘lgan barcha narsalar - oziq-ovqat, bepul internet va telefon bilan ta'minlanishini ta'kidlamoqda.
Yo‘lovchilardan biri tvitterda laynerda bo‘layotgan voqealar fotosuratlari va videolarini joylashtirmoqda.
I’d like to share what it’s like on board the Diamond Princess cruise. Please use this page to exchange info. #DiamondPrincess #coronavirus pic.twitter.com/wRLdy63suj
— だぁ(On board the Diamond Princess / 乗船中) (@daxa_tw) February 5, 2020
検疫は8階にいた #ダイヤモンドプリンセス pic.twitter.com/O5ka0jT5Ip
— だぁ(On board the Diamond Princess / 乗船中) (@daxa_tw) February 4, 2020
この時間になると誰も出歩いてないです。静寂です #ダイヤモンドプリンセス pic.twitter.com/tLlr2oh5pQ
— だぁ(On board the Diamond Princess / 乗船中) (@daxa_tw) February 4, 2020
Bungacha Yaponiyada 2019-nCoV koronavirus infeksiyasining 20ta holati aniqlangan edi. Ulardan 17 nafari epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lishganida virusni yuqtirishgan.
5 fevral kuni ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 2019-nCoV infeksiyasining 24363 holati aniqlandi, 490 kishi vafot etdi, yana 23260 kishi ushbu virusni yuqtirganlikda gumonlanmoqda.
30 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pnevmoniyaning tarqalishini xalqaro miqyosda favqulodda holat deb tan olgandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi
Jamiyat | 23:20
-
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban
Jahon | 23:14
-
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda

00:05 / 07.06.2025