Yuristlar malakasini oshirish markazining hududiy filiallari tashkil etiladi
Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oshirishning zamonaviy tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.
Quyidagilar yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar malakasini oshirish tizimining ustuvor vazifalari etib belgilanadi:
kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlar buyurtmachilari va xodimlariga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish;
an'anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan (blended-learning) shaklini, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan (on-the-job training) shaklini, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda ta'lim dasturlarini, bilim va ko‘nikmalarni doimiy takomillashtirishdan iborat kredit-modul mexanizmini joriy qilish;
kasbiy rivojlanishni nazorat qilish maqsadida kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish, har bir xodimning individual trayektoriyalari bo‘yicha malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona ma'lumotlar bazasi–elektron platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish;
ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan (keys-stadi, kouching, vebinar texnologiyalar va h.k.) foydalanish darajasini oshirish, vebinar, “blended-learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy ta'limni yanada takomillashtirish va bu bilan mustaqil ta'lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
mehnat bozorida huquqiy bilimlarini oshirish talab qilinadigan xo‘jalik boshqaruvi va boshqa tashkilotlarning o‘zga soha mutaxassislari malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
adliya organlari va muassasalaridagi rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan kadrlar malakasini oshirishning modullashtirilgan (buddying) ta'lim dasturlari asosida maxsus kurslardan o‘tish amaliyotini joriy etish.
Markazning Filiallari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida joylashtiriladi.
Yuridik texnikumlar Filiallar faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga, o‘quv-metodik jarayonni tashkil qilishda axborot-resurslari orqali ko‘maklashishga mas'ul etib belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
O‘zbekiston | 17:44
-
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi
O‘zbekiston | 17:15
-
Avstriyadagi maktabda otishma yuz berdi. Kamida 11 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 17:04
Mavzuga oid

14:00 / 25.07.2024
“Abituriyentlarga huquq fanidan tushgan savollar ishchi guruh tuzib o‘rganib chiqiladi” - TDYuU rektori

18:33 / 25.06.2024
Bir yildan ko‘p kutilgan kun – nodavlat oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga litsenziya berildi

11:50 / 13.06.2024
Nodavlat oliygohlarga yurisprudensiya yo‘nalishiga litsenziya berilmayapti. Bunga sabab nima?

21:01 / 08.05.2024