Jahon | 07:40 / 30.08.2020
2059
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya prezidenti shifoxonadan chiqarildi 

Joriy hafta boshida qo‘lini sindirib olgan Chexiya prezidenti Milosh Zeman Pragadagi markaziy harbiy gospitaldan chiqarildi. Uning singan qo‘lida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan.

Foto: EPA

Zemanning matbuot kotibi Irji Ovchachekning ta'kidlashicha, Chexiya prezidenti operatsiyadan keyin uyida 1,5-2 oy tiklanish jarayonidan o‘tadi. Shu sababli uning kelasi haftaga belgilangan ishchi dasturi bekor qilinadi. 

Zeman 25 avgust oqshomida televizorda yangiliklarni ko‘rib, o‘rnidan turganda qoqilib ketib, o‘ng qo‘lini sindirib olgan.

Zeman 2013 yildan beri Chexiya prezidenti lavozimini egallab keladi. U 2018 yilda ushbu lavozimga qayta saylangan edi.

Mavzuga oid