«Qachon ishlashni boshlaysizlar!». Malala Yusufzoy BMT a'zolariga ularning va'dalari haqida eslatdi

Foto: Getty Images
«Men bir narsani bilmoqchiman: qachon ishlashni boshlaysizlar?» - pokistonlik inson huquqlari faoli Malala Yusufzoy juma kuni Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilinganligining besh yilligiga bag‘ishlangan tadbirda BMTga a'zo davlatlarga shunday savol bilan murojaat qildi. Faolning ta'kidlashicha, universitetni endigina tugatdi. U dunyo davlatlari rahbarlariga besh yil oldin barchani ta'lim bilan qamrab olish haqidagi va'dalarni eslatdi, deya xabar beradi BMT Yangiliklar markazi.
«BMTga a'zo davlatlar Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qilganidan beri besh yil o‘tdi. Ushbu maqsadlar millionlab odamlarning, maktabga borishni istagan qizlarning, tenglikni qo‘llab-quvvatlayotgan ayollarning, toza havo va xavfsiz sayyora uchun kurashayotgan yoshlarning kelajagini belgilaydi. Hozircha va'dalaringizni bajarmadingiz», - dedi BMTning Tinchlik elchisi va Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy.
Barqaror rivojlanish maqsadlari insoniyatning 17ta maqsadi bo‘lib, unga erishish dunyoni yanada yaxshi holatga keltiradi. Ular orasida qashshoqlik va ochlikni yo‘qotish, sifatli ta'lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanish imkoniyatini ta'minlash, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va gender tengligiga erishish bor.
2015 yilda BMT Bosh assambleyasida mamlakatlar 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qildi, ya'ni yo‘lning uchdan bir qismi ortda qoldi. 2020 yil, BMTda ta'kidlanganidek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun hal qiluvchi harakatlar o‘n yilligiga start beradi.
Malala Yusufzoyning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi ko‘plab rivojlanish maqsadlariga erishish uchun katta to‘siqqa aylandi.
«Agar biz faqat ta'lim sohasi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu inqiroz tugaguniga qadar 20 million qiz darslarga qaytmasligi mumkin. Global ta'lim uchun ajratiladigan mablag‘ defitsiti 200 milliard dollarni tashkil etyapti», - dedi huquq himoyachisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «virus paydo bo‘lishidan oldin ham tengsizlik kuchayib borgan».
«Pandemiya - bu to‘siq, lekin bahona emas», - deya ma'lum qildi Malala Yusufzoy. U dunyo davlatlari rahbarlarini va'dalarni bajarishga va «yangi davr» - adolat davrini boshlab berishga chaqirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish «millionlab muhtojlar globallashuv va iqtisodiy o‘sishdan hech qanday foyda ko‘rmagani»ni aytib o‘tdi.
«Pandemiya tanazzulga olib keldi - so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yomoniga. Aholining eng zaif qatlami uchun uning oqibatlari juda dahshatli bo‘ldi, - deya qo‘shimcha qildi u. - Keyingi bir necha oy va yil davomida qabul qilinadigan qarorlar bizning dunyo 2030 yilda qanday bo‘lishiga juda katta ta'sir ko‘rsatadi».
Uning ta'kidlashicha, Barqaror rivojlanish maqsadlari - pandemiya va uning natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozdan qutulish bo‘yicha tayyor harakatlar rejasi. Shu bilan birga, u siyosiy irodaning yetishmasligi va shuning uchun dunyo davlatlari rahbarlari qat'iy choralar ko‘rmayotganini bildirdi.
«Keling, kelgusi o‘n yillikni o‘n yillik harakatlar, o‘n yillik qat'iyat, o‘n yillik o‘zgarishlar, umid va tinchlik o‘n yilligiga aylantiraylik», - deya xulosa qildi BMT rahbari.
Malala Yusufzoy 2014 yilda qizlarning ta'lim huquqlarini himoya qilgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi
Iqtisodiyot | 16:29
-
O‘zbekistonda limon narxi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar qimmatlashdi. Nega?
O‘zbekiston | 16:25
-
“Rejim qulashiga to‘g‘ri kelsa, Moskva yordamga kelishi mumkin” – turkiyalik tahlilchi
Jahon | 16:00
-
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Iqtisodiyot | 16:00
Mavzuga oid

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025