Eronlik yadrochi olimning o‘ldirilishi tafsilotlari ma'lum qilindi
Eronlik yadrochi olim, 27 noyabrdagi hujum oqibatida halok bo‘lgan Muhsin Faxrizoda zirhli mashinada harakatlangan, biroq u mashinadan chiqqanda masofadan boshqariluvchi avtomatik quroldan o‘qqa tutilgan. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.

Foto: EPA-EFE/IRIB
Ta'kidlanishicha, olim o‘ziga suiqasd qilingan vaqtda rafiqasi bilan Eron shimolidagi Rustamko‘l shahridan (Mozandaron viloyati) Tehron viloyatidagi Absard shahri tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan. Unga uchta mashinada soqchilar hamrohlik qilgan.
Eskortdagi birinchi mashina yo‘ldagi vaziyatni tekshirish uchun biroz oldinlab ketgan. Shundan keyin Faxrizodaning e'tiborini avtomobiliga teggan o‘q ovozlari tortgan. Olim bu ovozlarni dvigateldagi yoki yo‘ldagi muammolar deb o‘ylab, nima yuz berganini ko‘rish uchun mashinadan chiqqan.
Shunda unga 150 metr narida turgan Nissan avtomobili ichida o‘rnatilgan masofadan boshqariluvchi avtomatik quroldan o‘t ochilgan. So‘ngra mashina portlatib yuborilgan. Qotillik tashkilotchilari voqea joyida bo‘lmagan.
Ta'kidlanishicha, olimga 4ta o‘q teggan. Jumladan, ikkita o‘q olimning biqiniga, bittasi orqasiga teggan. Buning oqibatida olimning orqa miyasiga shikast yetgan. Faxrizoda tansoqchilaridan biri tomonidan panalangan. Tansoqchiga ham bir nechta o‘q teggan.
Shundan keyin olim shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmagan.
Ma'lum qilinishicha, hujum 3 daqiqacha davom etgan. Voqea joyida Faxrizoda va uning tansoqchilaridan boshqa hech kim bo‘lmagan. Ta'kidlanishicha, Nissan egasi mamlakatni 29 oktyabrda tark etgan.
Eron rahbariyati ushbu hujumda Isroil maxsus xizmatlarini ayblamoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

17:45 / 09.06.2025
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi

18:56 / 06.06.2025
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi

13:02 / 06.06.2025
O‘zbekiston Eron portiga sarmoya kiritib, maxsus terminal quradi

19:55 / 05.06.2025