Markaziy Osiyo xalqaro instituti Rossiyaning nufuzli tahlil markazlari bilan hamkorlik o‘rnatdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti delegatsiyasi Moskvaga amaliy tashrif doirasida, jahon ekspertlar hamjamiyatida yuksak mavqega ega yirik tahlil markazlari bilan qator shartnoma va kelishuvlarga erishdi.

Institut direktori Anvar Nosirov va Moskva davlat universiteti huzuridagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Moskva davlat universiteti qoshidagi Possovet hududida ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o‘rganish markazi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Xalqaro tadqiqotlar instituti Sharqiy Osiyo va ShHT tadqiqotlar markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Shartnomada siyosiy, iqtisodiy, suv va atrof-muhit, tarixiy-madaniy va gumanitar sohalarda tadqiqotlar olib borish nazarda tutilgan. Institutlar mutaxassislari o‘rtasida qo‘shma forumlar, seminarlar, muloqot anjumanlari, davra suhbatlari, brifinglar, maslahatlashuvlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori Mixail Fradkov bilan uchrashuv chog‘ida institut vakillarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqori darajali xalqaro anjumandagi ishtiroki bo‘yicha suhbatlashildi.
Ma'lumot uchun, Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri - yetakchi xorijiy muassasalar va mutaxassislar ishtirokida qo‘shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02
-
Germaniyada barcha politsiyachilarni elektroshokerlar bilan qurollantirish taklif qilindi
Jahon | 21:49
-
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy
Jahon | 21:39
-
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi
Jahon | 21:04
Mavzuga oid

16:51 / 07.06.2025
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi

16:58 / 03.06.2025
Jonim-u qonim beshlik

17:53 / 02.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

15:36 / 02.06.2025