Jahon | 22:45 / 22.04.2021
13621
1 daqiqa o‘qiladi

Bali yaqinida yo‘qolib qolgan suvosti kemasida 3 kunga yetadigan kislorod qoldi

Bali sohillari yaqinida yo‘qolib qolgan KRI Nanggala 402 suvosti kemasida 72 soatdan keyin kislorod tugaydi. Bu haqda Indoneziya harbiy-dengiz floti boshlig‘i Yudo Margonoga tayanib Shannelnewsasia nashri xabar berdi.

Foto: Florans Parli / Twitter

Margononing ta'kidlashicha, kemadagi kislorod 24 aprel ertalabgacha yetadi.

Ma'lum qilinishicha, kema 250 metr suv ostida bosimga bardosh bera oladigan qilib qurilgan. Uning bortida 53 kishi, jumladan, kema sardori, ekipajning 49 a'zosi va qurol bo‘yicha 3 mutaxassis bor.

Kemani qidirish amaliyotiga 21ta kema, 5ta samolyot va 2ta suvosti kemasi jalb qilingan.

KRI Nanggala 402 bilan aloqa u 21 aprelda Bali oroli yaqinidagi mashg‘ulotlar vaqtida sho‘ng‘ish uchun ruxsat olgandan 1,5 soat o‘tib yo‘qolgan.

Mavzuga oid