Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati maktablarida «so‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qay tartibda o‘tkaziladi?
2020-2021 o‘quv yilining yakuni, «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari o‘quvchi va yoshlar hamda ularning ota-onalarining iltimoslarini inobatga olgan holda barcha umumta'lim maktablarida joriy yilning 25 may kuni karantin koidalariga qat'iy rioya etgan holda tashkil etiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Olimjon Mirbaratov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Maktabning kirish qismida pirometr va antiseptik vositalari bilan ta'minlanadi hamda tadbir o‘tkazilishi joyiga 1,5-2 metrli ijtimoiy masofani belgilovchi chiziqlar chizilib, ishtirokchi sinflarning rahbarlari tomonidan mazkur tartibga rioya etilishi nazoratga olinadi.
Joriy yilgi «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirida faqatgina 4, 9 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Tadbir maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida soat 8:00 dan 8:45 ga qadar o‘tkaziladi.
Shuningdek, yil davomida namunali xulq va a'lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash va rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. Tadbirda ishtirok etuvchi ota-onalar va mehmonlar soni 5 nafardan oshib ketmasligiga e'tibor qaratiladi.
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta'lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlashda o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘lari yig‘ilishi qat'iyan taqiqlanganligini eslatib o‘tamiz.
Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va hokazolarda banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishni oldini olishga alohida e'tibor qaratishingizni so‘raymiz», - deydi Olimjon Mirbaratov.
Avvalroq, Sirdaryo viloyatida ta'lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga boshqa hududdan kelib ishlayotgan o‘qituvchilarga uy berilgani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:31 / 24.05.2025