Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Finlandiya universiteti tibbiyot sohasi uchun menejment yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydi
Oliy ta'lim tizimidagi xalqaro hamkorlik soha rivojining obektiv trendi bo‘lib, uning doirasida milliy ta'lim dasturlarini takomillashtirishga va ekspertlar diskusining shakllanishiga olib keluvchi xalqaro loyiha va dasturlarning ahamiyati ortmoqda.
Oliy ta'lim muassasalari orasida hamkorlikni kengaytirish, mahalliy sog‘liqni saqlash tizimining islohotlarida faol ishtirok etish, davolash-profilaktika muassasalariga rahbar kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida xalqaro standartlar asosida menejmentning eng yaxshi amaliyotini va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishni ta'minlash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya institutida Finlandiyaning nufuzli JAMK universiteti bilan hamkorlikda “Sog‘liqni saqlashda menejment” magistratura qo‘shma ta'lim dasturi tashkil etildi.
27 may kuni tibbiyot sohasida boshqaruv kadrlarni tayyorlashda Finlandiyaning ilg‘or tajribasini kadrlar tayyorlash jarayoniga tatbiq etish, magistrlar tayyorlash jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, rahbar kadrlar tayyorlash samaradorligini jahon talablari asosida baholash kabi mavzularda institutning hamkor JAMK amaliy fanlar universiteti ekspertlari ishtirokida “Sog‘liqni saqlashda menejment” magistratura mutaxassisligi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida mazkur dasturning mahalliy kadrlar tayyorlashdagi o‘ziga xos o‘rni, o‘quv dasturi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga mos ravishda tuzilganligi, ta'lim jarayonining Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida tashkil etilishi, amaliyot jarayoni Finlandiyaning yetakchi davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. Magistratura dasturini muvaffaqiyatli tamomlab, dissertatsiyani himoya qilgan bitiruvchilar Toshkent davlat stomatologiya instituti va JAMK universitetlari diplomlarga ega bo‘ladilar.
Aytish mumkinki, kelajakka yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ta'lim tizimining yaratilishi, davlat innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lib, jamiyatning dinamik iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishining asosi va fuqarolar farovonligining muhim omili hisoblanadi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan vodiyga qaytishda ulkan tirbandliklar kuzatilmoqda
Jamiyat | 21:29
-
Dunyo bo‘ylab xavfli bank troyan virusi tarqalmoqda
Jahon | 20:37
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:36
-
Pentagon katta kemalarni yo‘q qiladigan aviabombani sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 20:32
Mavzuga oid

13:25 / 08.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi

13:01 / 04.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida yangi talabalar turar joyi ochildi

16:37 / 17.12.2022
Qaror ortiga berkinayotgan vazirliklar: 120 yillik bino buzilishiga qaysi hujjat asos bo‘lgan?

10:01 / 11.11.2022