Buxoroda ikkita «Neksiya» o‘zaro to‘qnashdi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ikkita «Neksiya» o‘zaro to‘qnashgan. Yo‘lovchilardan biri og‘ir tan jarohatlari olgan va mashinalar jiddiy shikastlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 25 iyun kuni soat 19:35larda 4K-147 G‘ijduvon-Shofirkon avtomobil yo‘lining Shofirkon tumani «Do‘rmon» MFY hududidan o‘tgan 7-kilometrida ikkita «Neksiya» o‘zaro to‘qnashgan.
Oqibatda «Neksiya»lardan birida yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs tan jarohatlari olib, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, har ikkala mashina jiddiy shikastlangan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasiga har ikkala «Neksiya» haydovchisining e'tiborsizligi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025