Samarqanddagi mahalla stadioni mojarosi: shahar hokimligi viloyat sudida «kambek» qildi

Samarqanddagi sobiq Chaqar mahallasi hududida joylashgan stadion hududi tadbirkorga shahar hokimligi tomonidan berib yuborilgani ortidan mojaro yuzaga kelgan.
Xalq tilida «Limonadniy» deb ataladigan, ayni paytda Ustozlar mahallasi hududidagi mojaro bo‘yicha qator sud majlislari o‘tkazilgan. Kun.uz masalani yoritish maqsadida avval sud majlisida bo‘ldi. Keyinchalik norozi fuqarolar va tadbirkorga mikrofon tutdi.
Uzoq yillar Samarqand shahrida joylashgan bu stadion shahardagi futbol ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lgan. U yerda ko‘plab futbol musobaqalari o‘tkazilgan va shahardagi kam sonli bepul arenalardan biri bo‘lgan.
Uning yaqinidan kanal o‘tgani uchun bahor faslida stadionga bir necha marta suv toshgan va bu maydon holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Oqibatda stadion ma'lum bir muddat qarovsiz qolgan.
2018 yil 8 iyunda bu stadion hududi «Mehr Al-Biznes» xususiy korxonasiga zamonaviy stadion qurish uchun Samarqand shahri hokimining qarori bilan ajratib berilgan. 2019 yil 22 may kuni esa shahar hokimligi mahalla ahlining noroziligini asos qilib, o‘zi chiqargan qarorni bekor qilgan.
Qizig‘i, 2019 yil 22 may Samarqand shahri sobiq hokimi Furqat Rahimovning bu lavozimdagi rasman oxirgi ish kuni bo‘lgan. Ertasiga u investitsiya vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. Ya'ni Rahimov qarorni chiqargani ma'lum, ammo uni bekor qilishda qanchalik qatnashgani aniq emas.
Tadbirkor yer o‘ziga tegishli ekanini isbotlovchi hujjat bekor qilingach, sudga murojaat qilgan. Oliy sudgacha borgan tortishuvdan so‘ng shahar hokimning 2018 yilgi qarori qonuniy chiqarilgan, degan xulosaga kelingan. 2021 yil iyun oyida Kattaqo‘rg‘ondagi tumanlararo sud ham tadbirkor foydasiga qaror chiqargan.

Samarqand shahar hokimligi esa sudning bu qarori ustidan apellyatsiya arizasi kiritgan. 2021 yil 9 sentyabr kuni o‘tkazilgan Samarqand shahar ma'muriy sudidagi ishda endi hokimlik foydasiga qaror chiqarildi: oldingi sud qarori bekor qilinib, boshqa tarkibdagi sudyalar ko‘rishi uchun ish tumanlararo ma'muriy sudga qayta yuborildi.

Uch yildan buyon to‘xtamayotgan bu mojaro haqida fikrini bilish uchun Ustozlar mahallasi fuqarolariga mikrafon tutdik. Mahalla faoli va sudda nomi ko‘p marta keltirilgan Furqat Mansuriyonning aytishicha, mahalla ahli bu stadionni obod qilgan, unda qurilish ishlari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu fikrni mahallaning bir qator fuqarolari ham tasdiqladi.

O‘z navbatida tadbirkor Shavkat Bozorov ham bu borada o‘z fikrini Kun.uz’ga ma'lum qildi. Uning aytishicha, 2018 yil o‘ziga berilgan hokim qarori qonuniy bo‘lgan va buni Oliy sud ham tasdiqlagan. «Mehr Al-Biznes» korxonasi rahbarining o‘rinbosari Shavkat Bozorov chiqqan qonunga hamma bo‘ysunishi kerakligi, chiqarilgan qarorlar bir guruh fuqarolar sabab bekor qilinmasligi lozimligini aytdi. Tadbirkorga ko‘ra, u stadion hududida mahalla uchun bitta bepul stadion va qolgan hududda tijoriy maqsadda pulli stadion, do‘konlar, shuningdek, MFY uchun ijtimoiy obektlar qurmoqchi bo‘lgan.
«Yerni qanchaga sotib olgansiz?» degan savolga javoban Shavkat Bozorov u vaqtda auksion bo‘lmagani va yerni hokimlikdan bepul olganini ma'lum qildi. O‘z navbatida, tadbirkor bu yerning qiymati 500 ming dollar ekani haqidagi mish-mishlar haqida gapirib, yerning qiymatini bilmasligini aytdi.
500 ming dollar haqida gaplar chindan yaxshigina shov-shuvga aylangan. Internetda bu borada chiqishlar ham bo‘ldi. Chindan shahar markazida, Registon maydoniga yaqin, universitet xiyobonining biqinidagi bu hudud hozir auksionga qo‘yilsa, yarim million dollarga indamay ketishi mumkin. Chunki Samarqandning bu hududida tadbirkorlik qilish qanchalik foydali ekanini samarqandliklar yaxshi biladi.
Suddagi taraflardan biri bo‘lgan tadbirkor bu haqda gapirmadi, ammo internetdagi yuqorida aytilgan chiqishlarga ko‘ra, hokimlik bu yerni go‘yoki boshqa birovga sotmoqchi va bu yerning bahosi 500 ming dollar. Shu o‘rinda bir narsani unutmaslik kerak: birinchidan, rasman qonun ustuvorligi aytiladigan O‘zbekistonda hokimlikning ham, hokimning ham, undan kattasining yer sotishga haqqi yo‘q. Yer faqat auksionda sotiladi. Ikkinchidan, hokimlik buncha shov-shuvdan keyin yerni qaytib olsa, uni yana birovga «pullash» o‘z joniga qasd qilishga barobar ekanini tushunib turibdi.
Shu o‘rinda sud jarayonida sodir bo‘lgan ba'zi jihatlar haqida to‘xtalsak. Sudda hokimlik manfaatlarini hokimlik yuristi va prokuratura vakili himoya qildi. Aftidan ular sudga yaxshi tayyorlanmagan ko‘rinadi, chunki tadbirkorning advokati bilan munozaralarda yaxshigina oqsashdi. Advokat o‘z himoyachisining huquqiy asoslarini konkret ko‘rsatgan holda hokimlik vakillarini qiyin holatga tushirib qo‘ydi.
Xususan, advokat hokim qarori bekor qilinishiga mahalladagi dalolatnoma asos qilib olingani, ammo bu dalolatnoma noqonuniy tarzda tuzilgani, undagi mahalla raisi sifatida ko‘rsatilgan inson o‘sha vaqtda mahalla raisi bo‘lib ishlamaganini aytdi. Samarqand viloyat ma'muriy sudi raisi Tohir Fayziyev sud qarorini o‘qib eshittirar ekan oldingi sudda mahalla vakillari jalb qilinmagani sabab uni qayta ko‘rib chiqishga yuborilganini e'lon qildi.
Xullas, mana shunaqa mojaro.
Shu o‘rinda bir narsani ta'kidlash kerak. Samarqandda oxirgi vaqtlarda deyarli ijtimoiy obektlar qurilmayapti. Mavjudlari ham buzib tashlanyapti, bog‘lar tadbirkorlik sub'yektlariga aylanmoqda, shaharda salqinlab o‘tiradigan joy deyarli qolmagan. Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy obektlarga, jamoatchilikka mo‘ljallangan kengliklarga past nazar bilan qaralmoqda.
Mana shu vajdan, ko‘pchilik foydalanayotgan yerlarni shunchaki berib yuborayotgan rahbarlar, avvalo, insonlar manfaatidan kelib chiqishi kerak. Boshqa tomondan, qonuniy jihatdan haq ekanini aytayotgan tadbirkorning ham huquqi buzilmasligi shart.
O‘tkir Jalolxonov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Xotamov
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

00:17 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

13:55 / 29.05.2025