Toshkent metrosiga yangi poyezdlar keldi. Ular yerusti yo‘nalishida harakatlanadi
Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishida 5ta yangi metro poyezdlari yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashiy boshladi. Bu bilan metropolitendagi jami metro poyezdlari soni 64 taga yetdi.

17 oktyabr kuni Rossiyaning «Metrovagonmash» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan metro poyezdlari O‘zbekistonga temiryo‘l orqali yetkazib kelindi. Bugun ular yerusti metrosida o‘z faoliyatini boshladi.
«Yangi metro poyezdlari jahon standartlari darajasida ishlab chiqarilgan. Mashinist uchun ham qulay. Boshqaruv pulti, ko‘rsatkichlar uchun maxsus monitor mavjud. Yo‘lovchilarni, vagon ichini va tashqarisini ikki tomonlama kuzatish imkoniyatini beradigan kameralar bilan jihozlangan», deydi mashinist Fazliddin G‘ofurov.
Hozirga qadar metropolitenda mavjud bo‘lgan 59 ta metro poyezdlaridan 44 tasining ishga tushirilganiga 21 yildan 40 yilgacha bo‘lgan, ulardan shu muddat mobaynida foydalanib kelinmoqda. Ya'ni bugungi kunda metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshni tashkil qiladi. Joriy yil oxirigacha Toshkent metropoliteni infratuzilmasiga mos bo‘lgan 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari olib kelinadi. Shunda poyezdlarning umumiy soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi.
Toshkent metropoliteni bosh muhandis o‘rinbosari Abdutohir Abduqodirov keltirilgan metro poyezdlari qaysi yo‘nalishlarda harakatlanishi haqida ma'lumot berdi.
«Toshkent metropolitenida yangi liniyalar ishga tushirilishi munosabati bilan yangi vagonlar olinishi yo‘lga qo‘yilayotgan edi. Bugungi kunda shunday yangi vagonlarimiz soni 15 taga yetdi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida eski vagonlarimizni ham kapital ta'mirlash ishlari davom etmoqda. 2022 yilda 10 ta vagonni kapital ta'mirdan chiqarish rejalashtirilgan. Poyezdlar har 6 soatda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ularni kapital ta'mirlash muddati bor – 31 yil. Hozirda 23 ta shunday o‘z muddatini o‘tagan vagonlarimiz mukammal ta'mirdan chiqarilib, yo‘lovchilar uchun xizmat qilyapti.
Eng birinchi xarid qilingan metro poyezdlarining 5 tasi hozirda metropolitenning yerusti yo‘nalishida Do‘stlik-2 va Qo‘yliq bekatlari oralig‘ida, keyingi 5 ta poyezd Chilonzor yo‘nalishida harakatlanyapti. Navbatdagi metro poyezdlarining bir qismi O‘zbekiston yo‘nalishida, bir qismi esa Chilonzor yo‘nalishida harakatlanadi», deydi mutaxassis.
Reportaj davomida eski va yangi metro poyezdlari saqlanadigan va texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan Chilonzor elektr deposida ham bo‘ldik. Metropoliten muhandisi Sanjar Rahimov yangi va eski poyezdlarning ko‘rikdan o‘tkazilish jarayoni bilan tanishtirdi.
«24 soat davomida metrodagi yo‘lovchilarning xavfsizligi uchun harakat qilamiz. Texnik nosozliklar kuzatilganda mutaxassislar tomonidan kompyuterlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi va kamchilik bartaraf etiladi. Uzluksiz navbat asosida ishlaymiz», dedi mutaxassis.
Oxirgi vaqtlarda metropoliten bilan yuz bergan noxush holatlar metro transportiga nisbatan yo‘lovchilar ishonchini pasaytirgani sir emas. Ma'lum bo‘lishicha, so‘nggi 25 yil ichida metro vagonlari uchun kerakli bo‘lgan 32 turdagi ehtiyot qismlar va uskunalar keltirilmagan. Endilikda shu ehtiyot qismlar ham xarid qilinadi va eskirgan 44 ta poyezdlar qaytadan ta'mirlanadi.
Ushbu ta'mirlash ishlaridan keyin vagonlarning kunlik ishlash soatini uzaytiradi. Shu bilan birga yo‘llarda texnik nosozliklar sabab yuz beradigan holatlar keskin kamayishi va harakat xavfsizligi ta'minlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Gulmira Toshniyozova, Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi va montaj ustasi – Azimjon Vohidov.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
-
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 18:23
-
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Jamiyat | 17:38
Mavzuga oid

00:17 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

23:09 / 25.12.2024
Norvegiyada poyezdlar harakati butunlay to‘xtatildi

16:40 / 18.12.2024
Qishki ta’til vaqtida Toshkentdan Samarqand va Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

18:12 / 14.12.2024