Buyuk Britaniya bosh vazirligi uchun sakkiz nomzod kurash olib boradi
Konservatorlar rahbarligi va Britaniya bosh vazirligi uchun 11 nafar parlamentariy kurashmoqchiligini bildirgandi. Ularning uch nafari kurashdan chiqishini e’lon qildi.

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni ro‘yxatga olish yakuniga yetdi. Ovoz berishning birinchi raundida sakkiz nafar nomzod ushbu lavozim uchun kurash olib boradi.
Dastlab konservatorlar rahbarligi va Britaniya bosh vazirligi uchun 11 nafar parlamentariy kurashmoqchiligini bildirgandi. Ularning uch nafari – transport vaziri Grant Shapps, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Sojid Jovid va konservativ partiya raisining sobiq o‘rinbosari Rexman Chishti kurashdan chiqishini e’lon qildi.
Ovoz berishning birinchi turiga sobiq moliya vaziri Rishi Sunak, tashqi ishlar vaziri Liz Trass, moliya vaziri Nadim Zaxaviy, sobiq tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant, xalqaro savdo bo‘yicha vazir o‘rinbosari Penni Mordont, jamoat palatasi qo‘mitasi raisi Tom Tugendhat, Angliya va Uels bosh prokurori Suell Braverman hamda ayollar va tenghuquqlilik ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Kemi Badenok o‘tdi.
Konservativ partiya boshqaruv qo‘mitasi rahbari Grem Breydi konservator parlamentariylar orasida ovoz berishning birinchi turi 13 iyulda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Ikkinchi raundga o‘tish uchun nomzod kamida 30 nafar konservatorning ovozini olishi kerak. Qolgan turlar ikki nafar nomzod qolmagunicha davom etadi.
Shundan so‘ng bugungi kunda 200 ming nafarga yaqin a’zoga ega partiyaning barcha a’zolari ikki nafar "finalchi" orasidan g‘olibni aniqlaydi. Ovoz berish pochta orqali o‘tkaziladi.
2019 yilda bosh vazir lavozimini egallagan Boris Jonson 7 iyul kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

18:41 / 02.06.2025
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi

21:17 / 01.06.2025