Yaponiyada ovqat qoldiqlaridan sement ishlab chiqarish usuli ixtiro qilindi
Oziq-ovqat chiqindilari butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan muammodir. Birgina Qo‘shma Shtatlarda barcha oziq-ovqat mahsulotlarining 40 foizi iste’mol qilinmay tashlab yuboriladi. Oqibatda juda katta hajmdagi resurslar isrof bo‘lmoqda, chiqindilar poligonlarda chirib, o‘zidan juda ko‘p miqdorda metan chiqarmoqda. Oziq-ovqat chiqindilarini foydali narsaga aylantirish imkoni bormi?

Tokio universiteti qoshidagi Sanoat fanlari instituti olimlari qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun oziq-ovqat chiqindilaridan foydalanadilar. Bu usul faqat karam barglari va apelsin qobig‘i kabi meva va sabzavot qoldiqlaridan sement ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalari umid baxsh etmoqda: oziq-ovqat chiqindilarining samarali bog‘lovchi modda ekani isbotlangan.
Professor Yuya Sakai rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi yog‘och kukunidan qurilish materiallarini tayyorlashda keng qo‘llaniladigan «issiq presslash» usulidan foydalanmoqda. Bunda dengiz o‘tlari, karam barglari, apelsin, piyoz, qovoq va banan po‘stlog‘i quritiladi va kukun holatiga keltirilib, presslanadi. Olingan sement mustahkamligi bo‘yicha tijoriy portland sementdan qolishmayapti.
Oziq-ovqat qoldiqlarini qayta ishlashdan tashqari, yangi jarayon sement ishlab chiqarishdagi uglerod chiqindilarini kamaytirishi mumkin. Hozircha texnologiya faqat kichik miqyosda sinovdan o‘tkazildi. Ammo agar u sanoatda qo‘llash miqyosigacha kengaytirilsa (guruhning keyingi maqsadi), qurilish materiallari bozoridagi «o‘yin qoidalari»ni o‘zgartirishi mumkin.
Tokio universiteti jamoasi tomonidan ixtiro qilingan usul qurilish sanoatiga va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga ham keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar texnologiya keng miqyosda joriy qilinsa, insoniyat an’anaviy sementga bog‘liqlikdan qutulishi mumkin. Hozirgi vaqtda sement ishlab chiqarish sanoati ulushiga global karbonat angidrid chiqindilarining qariyb 8 foizi to‘g‘ri keladi. Shuningdek ushbu usul issiqxona gazlari chiqindilarining eng katta manbalaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat chiqindilaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
Mavzuga oid

21:43 / 04.06.2025
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi

20:09 / 02.06.2025
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi

19:23 / 02.06.2025
Yaponiyada xodimlari issiqdan qiynalayotgan kompaniyalarni jarimaga tortish boshlandi

16:50 / 02.06.2025