Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi odamlarga chip o‘rnatishni boshlaydi
Ayni paytda noutbukda fikr kuchi bilan matn terishni o‘rgangan maymunlar ustida tajribalar o‘tkazilmoqda.
Ilon Mask o‘ziga tegishli Neuralink miya-kompyuter interfeysi kompaniyasi yaqin olti oy ichida odam boshiga chip implantatsiya qilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, kelajakda Maskning o‘ziga ham chip o‘rnatiladi.
Milliarderning ta’kidlashicha, kompaniya odamlarda klinik sinovlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning aksariyatini allaqachon tegishli idoralarga taqdim qilgan.
Neuralink maqsadi - boshga implantatsiya qilinadigan va miya faoliyati bilan kompyuterni boshqarish uchun ishlatiladigan qurilma yaratish. 2019 yilda Mask ushbu texnologiya maymunlarda sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. O‘tgan yili esa Neuralink o‘z fikr kuchi bilan tennis o‘ynayotgan maymun videosini e’lon qilgan edi.
Bu yilgi sinovlar yanada muvaffaqiyatli o‘tdi va maymunlardan biri o‘ziga o‘rnatilgan chip yordamida noutbuk ekranida bir nechta so‘zlarni yozishga muvaffaq bo‘ldi.
Neuralink qurilmalarining o‘zi kichik bo‘lib, bir nechta moslashuvchan «iplar»dan iborat, ular miyaga o‘rnatiladi. Implantatsiya jarayoni taxminan 15 daqiqa davom etadi va robotli tizim tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda Neuralink muhandislari o‘z ixtirosidan foydalangan holda, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash yoki tiklashga yordam beradigan, shuningdek, falaj bo‘lgan odamlarning harakatchanligini ta’minlashga yordam beradigan muolajalarni ishlab chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoliklarni o‘qqa tutgan Isroil, Ukrainaning «Pautina» operatsiyasi va Parijdagi tartibsizliklar – kun dayjesti
Jahon | 14:30
-
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 14:28
-
Qoraqalpog‘istonda bambuk ekinzorlari barpo etiladi
O‘zbekiston | 14:00
-
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:39
Mavzuga oid

09:00 / 01.06.2025
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan

02:03 / 31.05.2025
Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini topshirdi

09:50 / 29.05.2025
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi

19:19 / 28.05.2025