Ispaniya bosh vaziriga bomba solingan maktub yuborildi

Foto: Reuters
Ispaniyada so‘nggi vaqt ichida yuborilgan va ichida portlovchi moddalar bo‘lgan beshta xat haqida ma’lum bo‘ldi. Konvertlar mamlakat bosh vaziriga, Mudofaa vazirligiga, harbiy bazaga, Ukraina elchixonasiga va Ukraina uchun qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaga kelgan.
Ichida Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasida portlagan moddaga o‘xshash portlovchi moslama bo‘lgan xatlar mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches, Ispaniya Mudofaa vazirligi va Madrid yaqinidagi mamlakat harbiy-havo kuchlari bazasiga ham yuborildi. Bu haqda Ispaniya politsiyasiga tayanib, 1 dekabr, payshanba kuni AFP xabar bermoqda.
Sanches uchun mo‘ljallangan portlovchi konvert 24 noyabr kuni uning xavfsizlik guruhi tomonidan topilib, zararsizlantirildi. Maktub oddiy pochta orqali keldi, deya xabar beradi mamlakat Ichki ishlar vazirligi.
1 dekabr kuni mamlakat Mudofaa vazirligi va Torrexon-de-Ardos shahridagi harbiy aviabazada portlovchi moddalar solingan yana ikkita xat topildi. Maktub bazada joylashgan va Ukrainaga ma’lumot beruvchi Yevropa sun’iy yo‘ldosh markaziga yo‘llangan, deb yozadi el Mundo. Bazadan, shuningdek, Ispaniya tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan qurol-yarog‘larni jo‘natish va yuqori martabali hukumat amaldorlarining rasmiy samolyotlarda parvoz qilishi uchun ham foydalaniladi.
Shu tariqa, Ispaniyada so‘nggi vaqt ichida yuborilgan va ichida portlovchi moddalar bo‘lgan beshta xat haqida ma’lum bo‘ldi. Bir kun oldin bunday konvertlar Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasiga va qurol, shu jumladan Ukraina uchun ham ishlab chiqaruvchi Instalaza kompaniyasiga kelgan.
Ukrainaning Madriddagi elchixonasiga yo‘llangan maktub elchi Sergey Pogorelsevga mo‘ljallangan bo‘lgan. Konvertni elchixona komendanti ochgan, u portlash natijasida qo‘lidan yengil jarohat olgan va o‘sha kuni kechqurun kasalxonadan chiqarilgan.
O‘sha kuni kechroq Instalaza qurol kompaniyasida shubhali konvert topildi. Unda Ukrainadan jo‘natilgani yozib qo‘yilgan bo‘lgan, deb xabar berdi mahalliy amaldor SER radiosiga.
Madriddagi portlashdan xabardor bo‘lgan kompaniya xodimlari politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari hududni o‘rab olib, konvert sapyorlarga topshirilgan. Rentgen nurlari uning ichida portlovchi qurilma va ochilganda uni faollashtiradigan ip borligini ko‘rsatgan. Paket boshqariladigan portlash natijasida yo‘q qilindi, hech kim jabrlanmadi.
EFE agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya huquq-tartibot idoralari Ukrainaning Madriddagi elchixonasida yuz bergan portlashni ehtimoliy terakt sifatida tekshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Bo‘stonliqda restoran yonib ketdi
Jamiyat | 13:46
-
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekiston | 13:34
-
Addinol urush boshlanganidan beri Rossiyada o‘z daromadlarini oshirdi
Jahon | 12:55
Mavzuga oid

20:13 / 03.06.2025
Germaniyada Ikkinchi jahon urushiga tegishli uchta bomba sabab 20 ming kishi evakuatsiya qilinadi

20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

13:07 / 12.02.2025
Buyuk Britaniyada bolalar maydonchasi ostidan Ikkinchi jahon urushiga oid 150 dan ortiq bomba topildi

20:24 / 14.12.2024