Tug‘uruq komplekslarida o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.

Foto: Kun.uz
Prezident keyingi yili qo‘shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.
Barcha tug‘uruq komplekslari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi.
Bundan tashqari, mamlakatda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj.
Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalari boshlanadi, bunday sharoit faqat Toshkent shahrida bor.
Prezident xalqning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini ta’kidladi.
Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Ajratilayotgan mablag‘lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish tezlashtiriladi.
Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.
Sog‘lom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o‘rgatish ishlari yo‘qligi ta’kidlandi.
Shu bois, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47
-
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?
Fan-texnika | 16:46
-
“Yerosti boyliklarimiz 3 trillion dollarga baholanmoqda” - Shavkat Mirziyoyev
Iqtisodiyot | 16:32
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024