26 dekabrdan 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi – Markaziy bank
Tangalar muomalaga chiqarilishi bilan 1000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Foto: Markaziy bank
O‘zbekiston Markaziy banki 26 dekabrdan nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishida pul belgilari muomalaga chiqarilishini ma’lum qildi.
Tanga ko‘rinishidagi pul belgisi ikki xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bo‘lib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan. Tanga diametri – 26,27 millimetr, ichki disk diametri – 17,6 millimetr, qalinligi – 1,6 millimetr, og‘irligi – 7,3 gramm.
Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati 1000 raqami va lotin bosma harflarida «so‘m» so‘zi yozilgan.
Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma lotin harflarida aylanasimon ko‘rinishda O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI so‘zlari yozilgan. Gerb ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – «2022» raqami ko‘rsatilgan. Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.
Markaziy bankning qayd etishicha, muomalaga chiqarilayotgan 1000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2001 yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi. Ya’ni 2001 yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.
Shuningdek, yangi ko‘rinishdagi ushbu pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.
- Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 15 iyulidan O‘zbekistonda 200 ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarilgandi.
- 2021 yilning 21 dekabridan boshlab esa yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarildi. 2017 va 2019 yilda chiqarilgan 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Starmer Shimoliy Irlandiyadagi ruminlarga qarshi tartibsizliklarni qoraladi
Jahon | 12:41
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Jahon | 12:15
-
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:10
-
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

13:17 / 12.06.2025
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

15:34 / 10.06.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarga yetdi

14:04 / 10.06.2025
Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi

17:35 / 04.06.2025