O‘zbekiston harbiy prokuroriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
24 dekabr kuni bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan adliya polkovnigi Xolboyev Otabek Akbarovich O‘zbekiston harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Otabek Xolboyev tayinlovga qadar Toshkent harbiy prokurori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya podpolkovnigi Isroilov Qahramon Anvarovich O‘zbekiston harbiy prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Isroilov tayinlovga qadar Navoiy harbiy prokurori lavozimida ishlagan.
Toshkent shahar prokurori Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovichga prezident farmoni asosida 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 dekabr kuni harbiy prokuror Botir Qudratxo‘jayev prezident Shavkat Mirziyoyevga sohada qilingan ishlar haqida hisobot bergan edi. Qudratxo‘jayev bu lavozimga noyabr oyi boshida tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahon chempionatiga chiqish O‘zbekistonga qancha daromad keltiradi?
Sport | 16:12
-
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi
O‘zbekiston | 16:05
-
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor
Jahon | 15:47
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

16:01 / 08.05.2025
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

18:19 / 20.06.2024
Senat 21 iyun kuni Bosh prokuror lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqadi

20:22 / 23.12.2022
Harbiy prokuror prezidentga hisobot berdi

00:17 / 02.11.2022