O‘zbekistonda Harvard universiteti bilan hamkorlikda Tibbiy genetika markazi ochiladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga xizmat safari davom etmoqda.
O‘zbekiston SSV delegatsiyasi dastlabki muloqotni dunyoning eng nufuzli va qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Harvard universiteti rahbariyati bilan o‘tkazdi.
«Aytish joizki, Massachusets shtatida joylashgan mazkur muassasaga 1636 yilda asos solingan. Bu yerda 21 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Xususan, universitetning Boston shahridagi Harvard tibbiyot maktabida sog‘liqni saqlash sohasining deyarli barcha yo‘nalishlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi.
Ushbu muassasa bitiruvchilari orasidan 75 nafar Nobel mukofoti sovrindori, AQShning sakkiz nafar prezidenti chiqqan.
Uchrashuvda mazkur universitet bilan keng ko‘lamli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, Harvard genomika markazi bilan tibbiy-genetika sohasidagi kelishuv yurtimizda ushbu yo‘nalishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘ldi.
Aytish kerak, mazkur hamkorlik yurtimizda tibbiy genetika bo‘yicha markaz tashkil etish, uni eng so‘nggi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, AQSh universitetida o‘zbekistonlik mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi rahbar kadrlarini o‘qitish, tibbiy genetika mutaxassislari malakasini oshirib, ulardan trenerlar tayyorlash, ta’lim bo‘yicha Garvard universiteti bilan yurtimizdagi sohaga daxldor oliy o‘quv yurtlari, ixtisoslashgan markazlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy aloqalarni kengaytirish rejalashtirildi.
Binobarin, O‘zbekistonda tashkil etiladigan Tibbiy genetika markazining arxitekturasi, dizayni, strategiya va konsepsiyasini birgalikda ishlab chiqish masalasi muhokama etildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
O‘z navbatida, hamkorlar Toshkent tibbiyot akademiyasining Biotexnologiyalar markazi tarkibidagi genetik ilmiy laboratoriya bazasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga rozilik bildirgan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiya Pxenyan va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni tikladi
Jahon | 11:30
-
SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes-tur tashkillashtirdi
O‘zbekiston | 11:00
-
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 10:53
Mavzuga oid

11:20 / 14.05.2025
Masxaralangan ta’lim vaziri va mustaqilligi uchun kurashayotgan universitet – Harvarddagi mojaro

07:56 / 02.04.2025
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi

17:17 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi

19:21 / 13.09.2024