Jahon | 09:28 / 11.07.2023
6175
2 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda Yevropada jazirama harorat tufayli 61 mingdan ortiq odam vafot etdi

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yozda Yevropada rekord darajadagi issiqlik 61 mingdan ortiq odamning o‘limiga olib keldi.

Foto: EPA

Nature Medicine jurnalida 10 iyul, dushanba kuni chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, 2022 yil yozida jazirama to‘lqini tufayli 61 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Olimlar 30 maydan 4 sentabrgacha bo‘lgan davr uchun Yevrostatning har haftalik o‘lim holatlari bo‘yicha jins va yoshga ko‘ra ajratilgan ma’lumotlarini tahlil qildi. Umuman olganda, tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda Yevropada rekord darajadagi jazirama to‘lqini natijasida 61 672 kishi vafot etgan. Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlarida ushbu davr uchun issiqlikdan o‘limning odatiy darajasi 36 ming kishini tashkil etdi. 

Mutlaq ma’noda, Italiyada issiqlik bilan bog‘liq eng ko‘p o‘lim kuzatildi - 18 000, Ispaniyada - 11 300 o‘lim, Germaniyada - 8 173 va Fransiyada 4 - 807. Bir million kishiga issiqlik bilan bog‘liq nisbiy o‘lim Italiya, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliyada eng yuqori bo‘lgan. Ayollar orasida issiqdan o‘lim darajasi erkaklarnikiga qaraganda 56 foizga yuqori.

Mavzuga oid