Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga 20 054 nafar fuqaro hujjat topshirgan. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishi mumkin.
Yangi o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmagani sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:
- davlat granti — 3 238 nafar;
- to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida
O‘zbekiston | 18:12
-
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12
-
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi
O‘zbekiston | 17:10
-
Qirg‘iziston deportatsiya boshlaydi, Turkmaniston AQShdan xafa, To‘qayev vazirlarini haydadi
Jahon | 15:39
Mavzuga oid

09:31 / 10.06.2025
O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi

12:52 / 05.06.2025
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

08:49 / 04.06.2025
Prezident maktablariga qabul jarayoni rasman boshlandi

10:23 / 03.06.2025