Kolomoyskiy 250 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanyapti
Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi oligarx «Privatbank»ning 9,2 milliard grivnasini o‘zlashtirib olgan, deb hisoblaydi. Ukraina sudi Kolomoyskiyni 509 million grivna miqdorida garov puli evaziga ozod qilish sharti bilan hibsga oldi.

Foto: Vladyslav Musiienko/REUTERS
Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (UMAB) tadbirkor Igor Kolomoyskiy «Privatbank»ning 9,2 milliard grivna (taxminan 249 million dollar) miqdoridagi mablag‘ini «talon-toroj qilish»da gumonlanayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi idora matbuot xizmati 7 sentabr, payshanba kuni.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yil boshida Kolomoyskiy «nazorat ostidagi offshor kompaniyani yanada moliyalashtirish va bank ustav kapitalidagi o‘z ulushini oshirish» maqsadida «Privatbank» mablag‘larini «qo‘lga kiritish rejasini ishlab chiqqan». Buning uchun bankka sun’iy ravishda Kolomoyskiy nazorati ostidagi kompaniyaga «o‘z obligatsiyalarini oshirib yuborilgan qiymatda qayta sotib olish bahonasi bilan» 9,2 milliard grivnadan ko‘proq pul to‘lash majburiyati yuklangan.
Keyinchalik bu summaning bir qismi (446 mln grivnadan ortiq) qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar niqobi ostida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uchta kompaniyaning hisobraqamlariga, so‘ngra yana ikkita yuridik shaxsning hisobraqamlariga o‘tkazilgan. Oxir-oqibat, pul Kolomoyskiyning shaxsiy hisobraqamiga tushgan va u ularni Ukraina Milliy banki talablariga muvofiq «Privatbank»ning ustav kapitaliga kiritgan, deb xabar berdi UMAB matbuot xizmati.
Kolomoyskiyning ehtimoliy sheriklari
Kolomoyskiy bilan birgalikda bu ishda bank rahbarlaridan yana besh kishi ishtirok etmoqda. Ular o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish, jinoiy yo‘l bilan olingan mol-mulkni qonuniylashtirish, hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.
Sentyabr oyi boshida Ukraina sudi Kolomoyskiyni 509 million grivna miqdorida garov to‘lash imkoniyati bilan hibsga oldi. O‘shanda Ukraina xavfsizlik xizmati («SBU») tadbirkor firibgarlik va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni qonuniylashtirishda gumon qilinayotgani haqida xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yildan 2020 yilgacha Kolomoyskiy nazorat ostidagi bank tuzilmalari orqali xorijga yarim milliard grivnadan (taxminan 14 million dollar) o‘tkazgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi
Jahon | 06:56
-
Navbatdagi hujumlar: har ikki tomonda o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 06:52
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
Mavzuga oid

14:00 / 16.09.2024
Ukrainalik sobiq oligarx Kolomoyskiy Kipr fuqaroligidan mahrum qilindi

10:44 / 09.05.2024
Oligarx Kolomoyskiy qotillikni tashkillashtirishda ayblandi

08:42 / 26.09.2023
Kiyev sudi oligarx Kolomoyskiyni hibsda qoldirdi

10:23 / 16.09.2023