“Har bir bola haqiqiy mehrni oilada oladi” – Senat raisi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Senatga bir guruh oilaviy bolalar uylari vakillari taklif qilindi. Senat raisi Tanzila Norboyeva bayram munosabati bilan tabrik yo‘llab, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash mamlakat ijtimoiy siyosatining o‘zgarmas tarkibiy qismi ekanini bildirdi.

Foto: senat.uz
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oilaviy uylarni tashkil etgan, fidoyi, o‘z ishiga sadoqatli insonlar taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalari bilan birga Senatga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda davlat tomonidan bolalarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, mehribonlik uylarining o‘rniga bolalarning oilaviy uylarda tarbiyalanishi ahamiyati, bolalarning salohiyatini yuzaga chiqarish borasidagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva bayram munosabati bilan tabrik ham yo‘llab, mazkur bayram barchaga oilalarning, davlatning g‘ururi va iftixori farzandlar ekanini eslatib turishini ta’kidlab o‘tdi.
“Hammamizga ayonki, zamonaviy bilimga ega, ma’naviyatli, o‘z qadrini anglagan insonlar yashaydigan davlat boshqa mamlakatlar bilan raqobatdosh bo‘la oladi.
Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash – mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining o‘zgarmas tarkibiy qismidir. Lekin davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan har qanday yordam va qo‘llovdan ham ko‘ra, har bir bola haqiqiy mehrni oilada, o‘z yaqin insonlaridan oladi.
Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarimiz, ularni bag‘riga olgan fidoyi insonlar bilan o‘tkazgan suhbatimiz buning yorqin isbotini ko‘rsatdi”, deya ta’kidlagan Tanzila Norboyeva o‘z tabrigida.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan Senat raisi Angor tumanida istiqomat qiladigan ko‘p bolali Hoshimovlar oilaviy mehribonlik uyiga borib, bolalarni bayram bilan qutladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda Isroil hujumlari qurbonlari soni 224 nafarga yetdi - Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jahon | 07:12
-
Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan
Jahon | 07:06
-
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi
Jahon | 06:56
-
Navbatdagi hujumlar: har ikki tomonda o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 06:52
Mavzuga oid

12:56 / 14.06.2025
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

16:16 / 16.05.2025