Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotirda - TIV
O‘zbekiston mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Foto: Reuters
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.
Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oktyabrda O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi qurolli mojaroni faqat diplomatik vositalar bilan hal etishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

14:39 / 24.06.2025
Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi

12:20 / 23.06.2025
Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi

18:37 / 21.06.2025