Dekabrda o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?
Dekabrda shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.

2024 yilning dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.
Bu kunlar:
9 dekabr (dushanba): Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, dam olish kuni Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
30 dekabr (dushanba): prezident farmoniga ko‘ra, 14 dekabr (shanba) dam olish kuni 30 dekabrga ko‘chirildi. Shuning uchun 14 dekabr ish kuni hisoblanadi.
31 dekabr (seshanba): Yangi yil munosabati bilan 31 dekabr qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shu tariqa, 9, 30 va 31 dekabr kunlari o‘zbekistonliklar uchun ish kunlari bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, 7, 21, 28 dekabr — shanba kunlari haftada 5 kun ishlovchilar uchun, 1, 8, 15, 22, 29 dekabr kunlari esa barcha uchun oddiy dam olish kunlari hisoblanadi.
28−29 dekabr kuni boshlangan dam olish kunlari, katta ehtimol bilan, yanvar oyining dastlabki kunlari ham davom etadi. Bu 2025 yilgi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash haqidagi prezident farmonidan so‘ng aniq bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

16:00 / 03.03.2025
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?

11:40 / 27.12.2024
Dam olish kunlari Toshkent metrosining ish tartibi ma’lum qilindi

07:13 / 27.08.2024
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi

07:15 / 16.03.2024