AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ishdan bo‘shatildi – Fox News
Amaldor «Signalgeyt» deb nomlangan mojaroning asosiy sababchisi sifatida tanilgan edi.

Foto: Shutterstock
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va uning o‘rinbosari Aleks Vong ishdan olinadi, deb xabar berdi CBS News.
Milliy Xavfsizlik Kengashidagi vaziyatdan xabardor manbalardan birining aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ularni iste’foga chiqarilishini qayta tashkil etish sifatida taqdim etish uchun «Signalgeyt»dan beri yetarlicha vaqt o‘tgan deb hisoblamoqda.
Avvalroq Tramp maslahatchini ishdan bo‘shatishda ikkilanib yurgan va buni tashqi bosimga yon berish sifatida baholanishi mumkin deb hisoblagan, deb yozdi CBS News.
Fox News xabariga ko‘ra, Uols va Vong allaqachon ishdan bo‘shatilgan. O‘z navbatida, Politico Tramp «boshqa ma’muriyat amaldorlarining ishonchini» yo‘qotgan Uolsni ishdan bo‘shatishni anchadan beri rejalashtirganini yozdi. Nashrga ko‘ra, «uning o‘rniga nomzodlar G‘arbiy qanotda bir necha hafta davomida muhokama qilinmoqda».
Donald Tramp Uolsni AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlashini ma’lum qildi.
«Mayk Uols harbiy forma kiyib, jang maydonida xizmat qilgan davrida ham, Kongressdagi faoliyati va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchim sifatida ham har doim mamlakatimiz manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yib, fidokorona mehnat qildi. Ishonchim komilki, u yangi lavozimida ham aynan shunday davom etadi», — deb yozadi Tramp.
O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Marko Rubio prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi vazifasini vaqtincha bajaradi. Shu bilan birga, u Davlat departamentiga rahbarlik qilishda davom etadi.
Shuningdek, Amerika OAV prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini Tramning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqatmoqda. CNN’ning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Uitkoff Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallashni xohlamayapti.
24 mart kuni The Atlantic bosh muharriri Jyeffri Goldberg Oq uy rasmiylari Yamandagi husiy isyonchilar pozitsiyalariga zarba berishni muhokama qilayotgan Signal chatiga o‘zini qo‘shib qo‘yganliklarini aytdi. Chatda 18 kishi, jumladan, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ham bor edi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Goldbergni aynan Mayk Uols chatga yanglishib qo‘shgan. Chunki, uning raqami telefonida boshqa odam nomi ostida saqlangan.
Mojaro keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Undan ayniqsa demokratlar foydalanib qolishdi va Uolsni zudlik bilan iste’foga chiqarishni talab qilishdi.
Biroq, Tramp chat ishtirokchilarini ishdan bo‘shatmasligini ta’kidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi
Jamiyat | 23:20
-
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban
Jahon | 23:14
-
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10
Mavzuga oid

22:38
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

21:09
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:46
Tramp Los-Anjyelesdagi namoyishlarni bostirishga harakat qilmoqda – fotosuratlar

18:40