Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi
Jazoir, Tunis, Liviya va Misrdan o‘tuvchi karvon Rafah punktigacha bormoqchi. Avtobuslar va yengil mashinalarda yo‘l bosayotgan faollar, huquqshunoslar, shifokorlar va boshqa sohalar vakillari shu orqali G‘azo xalqiga birdamlik izhor qilmoqda. Bir necha kun oldin dengiz orqali ham marsh uyushtirilgan – bortida 12 nafar yevropalik, xususan shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg bo‘lgan kema Isroil tomonidan qo‘lga olingandi.

Tunisdagi Gabes shahri / Foto: AP
9 iyun, dushanba kuni jamoatchilik faollarini o‘zida jamlagan avtobuslar va yengil avtomobillardan iborat karvon Tunis poytaxtidan G‘azoga qarab yo‘lga chiqdi. Faollar bu marsh orqali bo‘lg‘aga insonparvarlik yordami kirib borishiga Isroil tomonidan bo‘layotgan to‘sqinlikka urg‘u qaratmoqchi.
9 iyunga o‘tar kechasi bortida taniqli ekofaol Greta Tunberg va boshqalar bo‘lgan, G‘azoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan kema O‘rta Yer dengizida Isroil kuchlari tomonidan qo‘lga olingan edi. Shu kuni ayni maqsadni ko‘zlagan boshqa bir aksiya ishtirokchilari G‘azoga qarab endi quruqlikdan yo‘lga chiqdi.
8 iyun kuni Jazoirdan yo‘lga chiqqan karvon – Shimoliy Afrikada yashovchi huquqshunoslar, shifokorlar, talabalar va boshqa turli soha vakillarini o‘zida jamlagan. Ular Tunis, Liviya va Misr hududlaridan o‘tib, Misr–G‘azo chegarasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktiga yetib borishmoqchi. Bu punkt 2024 yil may oyida Isroil harbiylari qo‘liga o‘tganidan beri deyarli ochilayotgani yo‘q.
Karvonni tashkillashtirgan Tunis fuqarolik jamiyati guruhlariga ko‘ra, ular shu yo‘l bilan “adolatsiz qamalning zudlik bilan bekor qilinishi”ni talab qilishmoqda.
Ularning ta’kidicha, arab davlatlari Isroil va Hamas o‘rtasida 20 oydan beri davom etayotgan urushni tugatish uchun yetarlicha amaliy harakat qilmagan.
Hamasga bosim o‘tkazish uchun G‘azoni 2,5 oy qattiq blokada qilgan Isroil o‘tgan oyda insonparvarlik yordamlarining ba’zilarini o‘tkaza boshladi. Shunga qaramay, ekspertlarga ko‘ra, Isroil blokadani va urushni to‘xtatmasa, 2 milliondan ortiq aholi yashovchi G‘azoda ochlikni bartaraf etib bo‘lmaydi.
Shimoliy Afrika bo‘ylab Falastin davlati bayrog‘ini hilpiratgancha yo‘l bosayotgan karvon Jazoir va Tunis jamiyatlarida keng e’tibor markaziga tushdi.
“Karvondan maqsad – G‘azodagi xalqimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish va: “Sizlar yolg‘iz emassizlar, sizning og‘riqlaringiz – bizning ham og‘rig‘imiz” deyishdir”, – deya yozgan karvonning jazoirlik tashkilotchilaridan biri Yahyo Sarri.
Karvon Livan hududiga o‘tishdan oldin Tunis janubidagi shaharchalarda to‘xtab, qo‘shimcha tarafdorlar bilan safini uzaytirishni ko‘zlamoqda.
Avvalroq “Ozodlik flotiliyasi” tashabbusi doirasida 12 nafar yevropalik faol, xususan shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg, Yevroparlamenti deputati Rima Hassan va yana 10 kishi Italiyaning Sitsiliya orolidan G‘azoga qarab O‘rta Yer dengizi orqali yo‘lga chiqqan, kemaga falastinliklar uchun insonparvarlik yordami ortilgan edi.
O‘rta Yer dengizidagi 8 kunlik suzishdan keyin, kema tashabbuskorlar ta’biricha “xalqaro suvlikda hujumga uchradi” – Isroil harbiylari ularni qo‘lga olib, keyinroq deportatsiya qildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 10:21
-
Estoniya Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurishni boshladi
Jahon | 10:05
-
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi
O‘zbekiston | 09:59
-
Urushning yangi bosqichi - 9-kun
Jahon | 09:53
Mavzuga oid

15:45 / 19.06.2025
Ekspertlar: Isroilning G‘azoga yordam olib ketayotgan kemaga qarshi harakatlari xalqaro qonunlarga ziddir

15:35 / 18.06.2025
Human Righs Watch: G‘azodagi genotsid fonidagi harakatsizlikni tarix kechirmaydi

14:09 / 16.06.2025
Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi

23:21 / 13.06.2025