Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya neft mahsulotlarining YeIga importi bo‘yicha taqiq yarim yilga qoldirildi
Yevrokomissiyaning ma’lum qilishicha, Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarini YeIga yetkazib berishga e’lon qilingan taqiq olti oydan keyin kuchga kiradi. Bu vaqt ichida YeK cheklovlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlaydi.

Foto: Dmitry Rogulin/picture-alliance/dpa/ITAR-TASS
Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berishni taqiqlash 2026 yilning yanvar oyidan kuchga kiradi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Olof Gill 22 iyul, seshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma’lum qildi.
«G‘oya shundan iboratki, olti oylik o‘tish davridan keyin Yevropa Ittifoqi operatorlariga uchinchi mamlakatlardan YeIga Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan qayta ishlangan neft mahsulotlarini sotib olish, import qilish yoki yetkazib berish uchun vositachi sifatida faoliyat yuritish taqiqlanadi. Shuningdek, bunday yetkazib berishda texnik yoki moliyaviy yordam ko‘rsatish taqiqlanadi», deb tushuntirdi Gill.
«Yevropa komissiyasi hozir ushbu taqiqni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqchi. Xususan, u neft mahsulotlarini import qilish bilan shug‘ullanuvchi operatorlar qanday dalillarni taqdim etishi kerakligini tushuntirib beradi (ular Rossiya neftidan ishlab chiqarilmaganligini tasdiqlash uchun). Biz ushbu ko‘rsatmani o‘tish davri tugaguniga qadar nashr etish niyatidamiz», — dedi Yevropa Ittifoqi vakili.
21 iyul kuni Amerikaning Bloomberg agentligi Yevropa Ittifoqining huquqiy hujjatlariga tayanib, Yevropa Ittifoqiga Rossiya neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlash 2026 yil 21 yanvardan kuchga kirishi haqida xabar qildi.
Mavzuga oid

00:02
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi

22:56 / 23.07.2025
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi

15:25 / 23.07.2025
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin

14:15 / 23.07.2025