Tuxumni iste'mol qilishdan avval uning sarig‘iga e'tibor qarating

© mejorconsalud.com
Siz hech qachon biz iste'mol qiladigan tuxumning sarig‘i rangi qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Aniqlanishicha, bu juda katta ahamiyatga ega ekan.
Quyida halol fermerlar tomonidan tekshirib ko‘rilgan muhim va foydali ma'lumot keltirilgan.
100 yil avvalroq olimlar tuxumning sariq rangi kartinoidlar miqdori bilan belgilanishini aniqlaganlar. Kartinoidlar A vitamini hosil bo‘lishiga yordam beruvchi va suyaklar holatini yaxshilovchi antioksidantlardir. Tuxum sarig‘i rangi qanchalik to‘q bo‘lsa, unda inson uchun foydali moddalar shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Tuxum sarig‘ining rangi bevosita tovuqlarning oziqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bu ozuqa turli-tuman bo‘lmasa va faqatgina bug‘doyga asoslangan bo‘lsa, unda tuxum sarig‘i och sariq rangda bo‘ladi. Agar tovuqlarning ozuqasi o‘z ichiga makkajo‘xori, o‘simliklar va hasharotlarni olsa, unda tuxum sarig‘ining rangi to‘q sariq bo‘ladi. Fermerlar va yirik fabrikalarda hattoki tuxum sifatini aniqlash uchun sariq-zarg‘aldoq ranglarning 15 xil tusidan iborat maxsus shkala mavjud.
Umuman olganda, yorqin zarg‘aldoq rangdagi tuxum sarig‘ini iste'mol qilgan ma'qulroq, chunki ularda organizm uchun maksimal miqdorda foydali moddalar mavjud bo‘ladi.
Ba'zida tuxum sarig‘ining och rangda bo‘lishi mavsumga ham bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra uning rangi qishda tovuqlar ozuqasi uncha turfa bo‘lmagani sabab ochroq bo‘ladi. Biroq ko‘p holatlarda tuxum sarig‘ining ochligi uning sifati pastligi va tovuqning puturi ketganidan darak beradi. Bunday tuxumlar sizga yetarlicha foydali moddalar bera olmaydi.
Shuning uchun tuxumlarni ishonchli manbalardan sotib olish tavsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

20:57 / 09.04.2025
Qozog‘iston olti oyga tuxum importini chekladi

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

10:05 / 20.03.2025
Buyuk Britaniyada ideal darajada dumaloq tuxum auksionda sotildi

19:25 / 17.03.2025