So‘rovnoma: Tribuna.uz o‘quvchilari YeChL 5-turining eng yaxshi golini aniqlashdi

Foto: UEFA.com
Tribuna.uz sayti Chempionlar ligasining 5-turida kiritilgan eng yaxshi golni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijalari bilan tanishing:
1. Lionel Messi, 64 foiz – futbolchi Neymar tomonidan yetkazib berilgan to‘pni "Seltik" darvozasiga aniq yo‘llab, "Barselona"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
2. Jyenk Tosun, 9 foiz – "Beshiktosh" hujumchisi "Benfika"dan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan jamoasining ajoyib "kambek" qilishiga poydevor yaratib berdi.
3. Xose Izkerdo, 8 foiz – "Bryugge" yarim himoyachisining "Lester" darvozasiga kiritgan ajoyib goli faqatgina hisobni qisqartirdi, xolos. Yakunda jamoa 5ta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lib, 0 ochko bilan 4-o‘rinda qolishi aniq bo‘lib qoldi.
4. Leonardo Bonuchchi, 7 foiz – "Yuventus" himoyachisi Ispaniyaning kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan "Sevilya" maydonida turinliklarga g‘alaba olib kelgan golni ajoyib tarzda kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
5. Kristian Noboa, 5 foiz – "Rostov" yarim himoyachisi bo‘lgan ekvadorlik futbolchi jarima to‘pini aniq amalga oshirib, "Bavariya" mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan golni kiritdi.
6. Nelsino, 4 foiz – "Benfika" yarim himoyachisi chiroyli gollarga boy bo‘lgan "Beshiktosh"ga qarshi o‘yinda ehtimol faoliyatidagi eng chiroyli golni kiritdi.
7. Nikolas Parexa, 2 foiz – "Sevilya" himoyachisi dunyoning eng kuchli himoya chizig‘iga ega jamoalaridan biri bo‘lgan "Yuventus" darvozasiga himoyachilarga xos bo‘lmagan tarzda chiroyli gol kiritdi.

Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston | 11:51
-
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»
Jahon | 11:33
-
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
O‘zbekiston | 11:05
-
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan
Jahon | 10:42
Mavzuga oid

17:24 / 05.06.2025
O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi

16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?

19:49 / 27.05.2025