Gimnastika bo‘yicha eng yosh mutlaq jahon chempioni o‘z faoliyatini yakunlamoqda

Foto: © AFP
Riodagi olimpiadada kumush medal sovrindori bo‘lgan Yana Kudryavtseva o‘z faoliyatini yakunladi. Uning bu qarorga kelishiga oyoqdagi jarohat sabab bo‘ldi.
Kudryavtsevaning faoliyati to‘xtatilgani haqida Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi rahbari Irina Viner-Usmanova xabar qildi. «Yana, o‘z faoliyatiga yakun yasadi. Sababi, oyog‘ining shikastlanishi sog‘lom oyoqlariga ham og‘ir asoratlar qoldirdi. Endi ularni operatsiya qilish zarur. Yana shaxsiy hayoti bilan mashg‘ul. U Germaniyada bo‘lganida, unga ikkinchi operatsiyani amalga oshirish kerakligini aytishgan va shundan so‘ng ketishga qaror qilgan», — deydi Viner-Usmanova.
Kudryavtseva 2015 yil Shtutgartdagi jahon chempionati chog‘ida oyog‘idan jarohat olgan edi. Mazkur chempionatdan so‘ng u bir necha operatsiyalarni boshdan o‘tkazdi va olti oy o‘tgach, sportga qaytish imkoniga ega bo‘ldi. Gimnastikachi agarda Shtutgartdagi chiqishni rad etganida, Rio olimpiadasini o‘tkazib yuborishi mumkinligini tan oldi.
«Shtutgartda barcha dasturni amalga oshirganimdan afsuslanmayman. Aks holda, o‘ylashimcha, terma jamoaga qo‘shilmas edim va Olimpiada o‘yinlariga ham hozir boshqa qizlari tayyorgarlik ko‘rishayotgan bo‘lardi», — degan edi Kudryavtseva 2016 yil martda «Sport-Ekspress»ga bergan intervyusida.
Rio olimpiadasida rossiyalik gimnastika ustasi kumush medalni qo‘lga kiritadi.
Kudryavtseva tarixda ilk bor 15 yoshida mutlaq jahon chempioniga aylangan gimnastikachidir. Avvalgi rekord rossiyalik Alina Kabayeva va Yelena Karpuxinaga tegishli bo‘lib, ikkisi ham bu maqomga 16 yoshida erishgan edi.
O‘z faoliyati davomida Kudryavtseva 16 karra jahon chempioniga aylangan, shuningdek, 11 marta Yevropa chempioni nomiga sazovor bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi

20:31 / 20.09.2024