Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Andijondagi maktabda xodimlarning ertalabki gimnastikasi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Jalaquduq tuman 1-IDUM xodimlarining ertalabki ritmik gimnastika mashg‘ulotlari videosi tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi “sog‘lom turmush tarzi fasl va joy tanlamasligi”ni bildirdi.

Foto: Videodan kadr
Videoda 20dan ortiq erkak va ayol xodimlar qishki kiyimda, maktab hovlisida kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakiraning Waka-Waka ashulasiga mos ritmik mashqlar qilayotganini ko‘rish mumkin.
Xalq ta’limi vazirining matbuot kotibi Laylo Rustamova mashqlar o‘qituvchilarga “kayfiyat bag‘ishlayotgani”ni aytib izoh berdi.
“Ushbu videoning qaysi joyida ko‘zbo‘yamachilik ko‘rdingiz?
Afsuski, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallar tomonidan ushbu videoga “Ko‘zbo‘yamachilikning tubi bormi⁉️” deya “ta’rif” berilgan.
Nahotki, inson salomatligi va kayfiyati uchun amalga oshirgan ushbu ritmik badantarbiya mashqi ham biz uchun salbiy taassurot uyg‘otsa?!
Sog‘lom turmush tarzi fasl va joy tanlamaydi. Rivojlangan davlatlarda ham ish kuni mana shunday badantarbiya mashqlari bilan boshlanadi. Bunday kayfiyatda boshlangan kun ish faoliyatida ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Mashqlar o‘qituvchilarga qanchalik kayfiyat bag‘ishlayotganini payqash qiyin emas”, – dedi vazirlik rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda sog‘lom turmush tarziga oid prezident farmoni qabul qilingan edi. Farmonga asosan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab, davlat organlari va tashkilotlarida quyidagilar belgilangan edi:
- mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklanib, uning ish haqiga 20 foiz ustama belgilash;
- haftada kamida bir marta, ish vaqtidan so‘ng rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish;
- har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, “shou” ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratish.
Farmon bilan birinchi rahbarlarga “shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasi, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
-
Sog‘lom ozishni istagan ayollar uchun: ishonchli diyetologni qanday tanlash kerak?
Ayollar dunyosi | 14:49
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025