Ichimlik suvi tiklangan hududlar haqida ma’lumot berildi
Kun.uz so‘roviga binoan Uy-joy xizmat ko‘rsatish vazirligi aholining ichimlik suv ta’minoti tiklangan hududlar haqida ma’lumot berdi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, soat 18:00da Toshkent shahrining 12 tumanida ichimlik suvi ta’minoti qisman tiklangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida soat 16:55dan 17:25gacha suv ta’minoti to‘liq tiklangan.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi «Mingtut» bosh suv inshootiga elektr energiyasi berilib, Qo‘qon shahri aholisining ichimlik suvi ta’minoti to‘liq tiklandi.
«Namangan suv ta’minoti» MChJ tasarrufidagi «Qizilravot» va «Kurashxona» suv olish va uzatish inshootlarida elektr energiyasi berilib, ichimlik suvi ta’minoti tiklanmoqda.
«Damxo‘ja suv ta’minoti» MChJ suv ishlab chiqarish inshootidagi barcha nasoslar ishga tushirilib, suv ta’minoti to‘liq tiklandi.
Andijon va Xonobod tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti uzilmagan.
Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti to‘liq tiklangan hududlar:
- Buxoro viloyatining Olot, Vobkent, Qorovulbozor, Qorako‘l, Peshko‘ (Chelangu suv inshootidan), Romitan tumanlari;
- Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol tumani;
- Navoiy viloyatining G‘azg‘on, Konimex, Navbahor, Nurota, Karmana tumanlari;
- Samarqand viloyatining Samarqand shahri;
- Surxondaryo viloyati Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
- Sirdaryo viloyatining Guliston, Yangiyer, Boyovut, Guliston, Sayhunobod, Mirzoobod, Xovos tumanlari;
- Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq, Chirchiq, Ohangaron, Bekobod shaharlari. Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq, Qibray tumanlari;
- Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri, Dang‘ara tumani;
- Xorazm viloyatining Urganch va Yangibozor tumanlaridan boshqa barcha hududlari.
Vazirlik matbuot xizmati yaqin soatlarda Toshkent shahri to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlashini ma’lum qildi.
Shuningdek, vazirlik aholi va tashkilotlar mutasaddilarini xonadon va binolardagi issiqlik tizimi va suv qurilmalariga e’tiborli bo‘lish hamda tizim ishga tushayotgani bois ochiq qolgan jo‘mraklardan suv oqishining oldini olishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:15
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Mavzuga oid

21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan

09:35 / 26.05.2025
Fransiya janubida blekaut: anarxistlar javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

23:18 / 02.05.2025