Maktab bitiruvchilari shahodatnomani 20 iyundan yuklab olishi mumkin
11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari Bilim va malakalarni baholash agentligining oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Foto: Telegram / uzedu
Maktab bitiruvchilari shahodatnomani 20 iyundan boshlab, e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali onlayn tarzda yuklab olishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari Bilim va malakalarni baholash agentligining oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.
Shu bois, oliy ta’lim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma ma’lumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomani shaxsan taqdim etishiga ehtiyoj yo‘q.
e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari kiritilgan:
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
- Nodavlat ta’lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma’lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
-
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi holat yuzasidan Rossiyaga TIVga nota yubordi
O‘zbekiston | 23:19 / 10.06.2025
Mavzuga oid

21:21 / 15.09.2023
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi

20:53 / 07.09.2023
O‘zbekistonda eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar ma’lum bo‘ldi

13:41 / 24.08.2023
Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

12:38 / 24.08.2023