Bandlik bo‘limi Enter Engineering'ning rossiyalik xodimiga oyligini undirib berdi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasiga rahbarlik qilgan rossiyalik Ilya Puts Chilonzor tuman bandlik bo‘limiga arz qilganidan keyin, unga bir necha oy davomida to‘lanmagan 57 ming dollar miqdoridagi ish haqi undirib berildi. Ushbu kompaniya avval ham ko‘plab xodimlariga maoshlarni vaqtida to‘lamagan, xodimlar yordam so‘rab bir necha marta OAVga murojaat qilgan.

Foto: Enter Engineering
Enter Engineering kompaniyasining rossiyalik xodimi tuman bandlik bo‘limiga qilgan murojaatidan keyin to‘lanmay kelinayotgan ish haqini undirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bandlik vazirligining xabar berishicha, 13 yanvar kuni Enter Engineering korxonasi xodimi Ilya Puts 2024 yil iyun oyidan noyabr oyiga qadar to‘lanmay kelinayotgan oylik ish haqini undirishda amaliy yordam so‘rab, Chilonzor tumani Bandlik bo‘limiga murojaat qilgan.
“Murojaat belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, xodimga 57 ming AQSh dollari miqdoridagi oylik ish haqi va hisob-kitob pullari undirib berildi”, – deyiladi xabarda.

Kompaniya saytida ko‘rsatilishicha, Ilya Puts Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining rekonstruksiya va modernizatsiya loyihasiga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Enter Engineering kompaniyasining ko‘plab xodimlari ish haqi vaqtida berilmasligidan tez-tez shikoyat qilib keladi.
2024 yilning noyabr oyida ham ushbu kompaniyaga bevosita va bilvosita aloqador tashkilot xodimlari Kun.uz'ga murojaat qilib, bir necha oydan beri maosh to‘lanmayotganini aytishgandi.
“May oyidan beri oyliklarimiz yo‘q. Faqatgina may, iyun, iyul oyliklaridan ozgina berishdi, 2-3 mlndan. Bu pul nima bo‘ladi oilali odam uchun. Avgust, sentabr, oktyabr oyliklari to‘liq turibdi. Davlatdan kredit olsangiz, 1 kun kechiksa penya tug‘adi. Lekin bizning oylik oylab berilmasa ham hech kimning ishi yo‘q”, – deyilgan edi murojaatda.
Ma’lumot uchun, Enter Engineering 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, muqaddam “Gazprombank” nazoratida bo‘lgan. Kompaniya neft va gaz, sanoat va fuqarolik obektlarini loyihalash, yetkazib berish, qurish va ishga tushirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

14:13 / 11.11.2024
Enter Engineering xodimlari bir necha oydan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda

21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi

21:19 / 09.09.2024
Enter Engineering xodimlari apreldan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda

21:50 / 06.09.2024