Madaniyat va Sport vaziri 30 nafardan ortiq rahbar kadrga nisbatan intizomiy jazolar belgiladi

Foto: Madaniyat va Sport vazirligi matbuot xizmati
22 oktabr kuni O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining 2016 yil 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay'at majlisi o‘tkazildi.
Vazirlik matbuot xizmati xabar qilishicha, keskin tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishida Madaniyat va Sport vazirligi tarkibiga kiruvchi barcha muassasalar, viloyat va tuman bo‘limlari vakillari, jami 454 nafar katta va kichik rahbar kadrlar ishtirok etgan.
Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov vazirlikning 2016 yil 9 oylik faoliyati yakunlari tahlili va navbatdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma'ruza qilgan.
Bahodir Ahmedov ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-son hamda 2010 yil 29 dekabrdagi "2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 322-son qarorlari ijrosi holatiga keskin tanqidiy –tahliliy ruhda to‘xtaldi. Shuningdek, Respublika muzeylari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholini mazmunli dam olishini tashkil etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy va estetik tarbiyalashdagi rolini oshirish borasida amalga oshirayotgan choralarning natijadorligiga alohida urg‘u bergan.
"Vazirlar Mahkamasining 178 –qarorida belgilangan, 2018 yil yakunigacha 894ta zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi lozim. Bugungi kunga qadar esa Respublika bo‘yicha 189ta Markazlar to‘liq ta'mirlandi va foydalanishga topshirildi. Ushbu ishlarga 106,0 mlrd.dan ziyod mahalliy byudjyet mablag‘i sarflangan. 2013-2015 yillarda ta'mirlash va jihozlash belgilangan 247ta madaniyat va aholi dam olish markazlaridan 58tasi (24 foiz) foydalanishga topshirilmagan. Ko‘rib turganingizdek, vazifalar to‘liq bajarilmagan. Demak, hududlarda qaror ijrosi bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Afsuski, aksariyat hududlarda olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz, talabga javob bermaydi", — degan vazir.
Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, o‘z vazifasiga nisbatan loqaydsizlarcha yondashgan 30 nafardan ortiq rahbar kadrlarga nisbatan intizomiy jazolar belgilangan.
Majlisda vazirlik tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish masalalari ham tanqidiy ravishda ko‘rib chiqildi va muhokama etilgan.
Majlis so‘ngida, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

08:30 / 14.12.2023
«Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari» vazirlar yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

18:11 / 05.07.2023
Ukraina elchixonasi rossiyalik san’atkorlarning O‘zbekistondagi konsertlari bo‘yicha munosabat bildirdi

17:18 / 04.07.2023