O‘zbekiston musulmonlar idorasi 1 avgust imtihonida bo‘ladigan “o‘yin”larga o‘z munosabatini bildirdi

Foto: Madina Nurman
Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun davlat imtihonlariga ham oz fursat qoldi. Haqiqatni gapiradigan bo‘lsak, bu aksari insonlar uchun umr yo‘llarida uchrayotgan katta burilishdir. Talaba bo‘lish niyati tinchlik bermay kelayotgan yoshlar bugun katta hayajonda. Ammo bu maqsad yo‘lida qing‘irliklarga qo‘l urayotganlar ham, afsuski topiladi. Imtihonlarga yashirin ravishda telefon, shpargalka va yana shunga o‘xshash narsalar olib kirib, boshqalarga ziyon berish holatlari kuzatiladi. Muqaddas Islom dinida bu ishlarga qanday baho berilgan? O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvo hay'ati bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Assalomu alaykum. Bunday ishlarni qilish haromdir! Bu ish odamlarni aldashdir! Bu kelajak poydevoriga bolta urishdir! Bu ish millat istiqboliga aniq xiyonatdir! Bu ishga qo‘l urayotgan, yo‘l ochib berayotgan, birovni o‘rniga imtihonga kirib, mo‘may pul evaziga layoqatsiz abituriyentning testi javobini yozib berayotgan barcha-barcha kimsalar kelajak uchun buyuk kadrlarni emas, balki jamiyat taraqqiyot yo‘liga, istiqboliga yuk bo‘luvchi shaxslarni yetishtirayotgan bo‘ladilar. Bu birgina shaxs uchun qilingan xiyonat emas, butun boshli bir millatga xiyonat va aldov, deb baholanadi.
Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz salollohu alayhi va sallam “Bizni aldaganlar bizdan emaslar”, deb bunday aldoqchi-firibgarlar ummati Muhammadiyya qatoridan joy olmasliklarini ta'kidlaganlar. Shu ishlarga chek qo‘yilsa, ilm o‘rganganlar imtihondan o‘tadi, ilmga rag‘bat ortadi, bilimlilar safi kengayadi. Odamlarni fikri to‘g‘irlanib, ilm imtihonda asosiy mezon ekaniga ishonchi ortib, haqiqiy yetuk kadrlar har qachon ustun ekaniga amin bo‘lib, yana ilmga astoydil bel bog‘lab, farzandlarini kitobga qaytaradilar!. Aksincha, hiyla-nayranglarga yo‘l berilsa, kitob ochilmaydi, ilm qadrsizlanib, olimlar soni kamayadi, qoloqlik sari yuz tutiladi”.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

11:14 / 11.06.2025
Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga imtihon javoblarini sotgani aytilmoqda

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

20:18 / 27.03.2025