Mijozlarni jalb etishni istagan sotuvchilar texnologiyadan qanday foydalanadi?

Foto: Inc.
Jiddiy va kuchli raqobat sharoitida xaridorlarni o‘ziga jalb qilishni istagan sotuvchilar ko‘proq ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Bizning davrga kelib, savdoda yuqori texnologik yechimlarni amaliyotda qo‘llash - serdaromad tadbirkorlik faoliyatining birlamchi garovi bo‘lib qolmoqda. Quyida marketologlar e'tiborida bo‘lgan ana shu turkumdagi yechimlar bilan tanishib chiqish mumkin.
Raqamli reklama
Google kompaniyasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, o‘ziga yaqin hududda joylashgan savdo shoxobchasini qidirganlarning 76 foizi shu manzilga 24 soat ichida tashrif buyuradi. Shuningdek, qidiruvlarning 28 foizi xaridni amalga oshirish bilan yakunlanadi. Shu bois, ko‘plab tadbirkorlar o‘z mijozlarini internet platformalarida, ijtimoiy tarmoqlarda qidiradi. E'tiborli jihati shundaki, istiqbolli mijozlarning 29 foizi kompaniya yoki shoxobcha saytini mobil ko‘rinishda juda sekin ishlagani yoki qidiruv tizimi yaxshi rivojlanmagani uchun tark etadi. Bu xabarni tahlil qilib chiqqan, Walmart rahbariyati xizmat ko‘rsatish saytining mobil konversiyasini 2 foizga takomillashtirishga qaror qildi, natijada smartfon orqali tashrif buyurgan mijoz saytni ochishda ortiqcha to‘rt soniyani yo‘qotmaydi.
Mahalliy marketing uslubi
Raqamli texnologiyalar sotuvchiga atrofdagi harakatlarni elektron tartibda qayd qilib borish imkoniyatini taqdim etadi. Geotreking (joylashuvni aniqlash) funksiyasi orqali manzilni aniq uzatish va internet tarmog‘ida faoliyatingizni belgilab o‘tishingiz mumkin.
Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish maydonida paydo bo‘lgan iste'molchilarga turli aksiya va chegirmalarni taklif qilish, xabar yo‘llash imkoniyati bilan «qarmoq» tashlash mumkin.
«Qaynoq» xarita
Shoxobchaning qayerda ochilishi biznesning kelgusi faoliyatiga katta ta'sir o‘tkazadi, agar odam gavjum bo‘lmagan, aholi yashash hududidan uzoqda joylashgan maskanda savdo do‘koni ochilsa, mantiqan uning xaridorlari kam bo‘ladi. Mijozlarni uyali telefoni orqali ularning harakat yo‘nalishi aniqlash mumkin. Aholi gavjum bo‘ladigan joy, markaz «qaynoq» xarita va kundalik marshrutlar bo‘yicha belgilanadi. Bu barcha tadbirkorlarga qo‘l kelishi mumkin.
Beacon va Nearby texnologiyasi
Do‘konning doimiy mijozlarini muntazam jalb qilish maqsadida AQShning bir necha yirik savdo shoxobchalari Beacon dasturidan foydalanadi. Bunda do‘konga yaqin radiusga kirgan mijozning uyali telefoniga qisqa muddatli aksiya, yangi keltirilgan tovarlar haqida xabarnoma kelib tushadi. 2015 yilda AQShning United Airlines aviakompaniyasi Nearby dasturi orqali o‘z mijozlarini parvozga qadar vaqtini maroqli o‘tkazishga yordam beruvchi loyihani ishga tushirgan. U ham aynan Beacon kabi xabarnoma yuboradi, kerakli mashg‘ulotlarni eslatib turadi.
Elektron narxlar qaydi
Savdo jarayonida marketologlar bir necha bor qisqa muddatli aksiyalarni amalga oshirib boradi, bu narxning tez-tez o‘zgartirishga majbur qiladi. Kun oxiriga borib, ayrim tovarlarga chegirma e'lon qilinishi, ertalab o‘z holicha sotilishida qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun elektron narxlarni qayd qilib boruvchi tizimdan foydalangan yaxshi.
Yoqimli kichik texnologiyalar
Mijozga katta ta'sir o‘tkazmasa-da, ayrim kichik texnologiyalar kishiga yoqimli kayfiyat bag‘ishlaydi, o‘zini yaxshi his etishga imkon beradi. Neiman Marcus do‘konlari tarmog‘i amalga oshirganday, telefon apparatini quvvatlagich mashinasi mijozlarga kutilmagan qulaylik taqdim etadi. Shuningdek, ijtimoiy so‘rovnomada qatnashgan sotuvchilarning 62 foizi wi-fi texnologiyasi o‘rnatilgach, mijozlar do‘kon ichida vaqtini ko‘proq o‘tkaza boshlaganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

08:40 / 26.03.2025