O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi «yashil yo‘lak» yil oxiriga qadar to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirib borish uchun tashkil etilgan «yashil yo‘lak» 2017 yilning oxiriga qadar to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin 6 sentabr kuni ma'lum qildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan II-xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining ochilish marosimida ishtirok etgan Levinning ta'kidlashicha, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ulkan salohiyatga ega va Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish hajmining oshirilishiga katta e'tibor qaratmoqda.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston 2016 yilda Rossiyaga meva-sabzavot mahsuloti yetkazib berishni ikki martaga oshirdi. Uning fikricha, bu hajm joriy yilda ham ortadi.
Shu yilning o‘tgan davrida, barcha iqlim sharoitlariga qaramay, yetkazib berish hajmi to‘rtdan bir qismga ko‘paydi va o‘sishda davom etmoqda, dedi u.
Uning eslatishicha, O‘zbekiston va Rossiya bunday mahsulotlarning tezlashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha «yashil yo‘lak»ni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolagan. Qo‘shimcha qilinishicha, 2017 yilning iyulidan «yashil bojxona yo‘lagi» sinov rejimida yo‘lga qo‘yildi, biroq yil oxiriga kelib to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025