2025 yildan keyin Toyota va Lexus’ning barcha modellari elektrlashtiriladi

Foto: EAST NEWS
Toyota o‘z e'tiborini gibrid va vodorodda ishlovchi avtomobillar ishlab chiqarishga qaratish uchun 3 yil avval akkumulyatorda ishlovchi avtomobillarni ishlab chiqarishdan voz kechgandi. Endi esa yapon kompaniyasi o‘z rejalarini o‘zgartirib, 2025 yilgacha Toyota va Lexus brendlari ostida chiqariluvchi barcha modellarini elektrlashtirmoqchi.
Kompaniya 2020 yilga qadar 10 ta elektrokar ishlab chiqaradi, qolgan modellarni esa 2025 yilgacha chiqaradi. Birinchi elektrokarlar Xitoy bozoriga mo‘ljallanadi. Kompaniya rejasida Yaponiya, Hindiston, Yevropa va AQShda ham avtomobillar sotish bor. 2030 yilga kelib Toyota yiliga 5,5 mln ta elektromobil sotishni rejalashtirgan.
USA Today nashrining fikricha, yapon kompaniyasining bu bayonoti u Tesla’ning eng katta “bosh og‘rig‘i”ga aylanishi mumkinligini taxmin qilishga ijozat beradi.
Toyota o‘z rejasini amalga oshirish uchun Panasonic bilan batareyalar ishlab chiqarish uchun birlashadi. Ushbu yo‘nalishga ajratiladigan investitsiyalar 13,3 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Kompaniya to‘liq elektrlashtirilgan avtomobillar deganda elektr avtomobillar, ulanuvchi gibridlar, yonilg‘i elementlari va ularning istalgan kombinatsiyasini tushunadi. Vaholanki, kompaniyaning ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Mitsuxisa Kato 2015 yilda “elektromobillar yurish zaxirasi juda kichikligini, batareyalar quvvatlanishi vaqti juda kattaligini” va “texnologiyalarning joriy rivojlanishi darajasida kimdir yangi turdagi batareyalar ishlab chiqarishi va bunga Nobel mukofotini olishi kerakligini” aytgandi.
Biroq bu gaplar o‘shanda aytilgan, hozir esa Toyota Ilon Maskning Tesla’si bilan raqobatlashmoqchi. Biroq Toyota rahbari Takesi Utiyamada Tesla’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi deb hisoblamaydi va undan o‘rnak olmaydi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
San-Fransiskoda deportatsiyaga qarshi 60 nafar namoyishchi qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
-
Yangi hosildan bug‘doy xarid qilish choralari belgilandi
O‘zbekiston | 08:33
-
Tramp Los-Anjyelesga dengiz piyoda askarlari va ko‘proq milliy gvardiyachilarni yubordi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi

22:21 / 11.11.2024