Turkiya prezidenti matbuot kotibi O‘zbekiston bilan munosabatlar tashqi siyosatning muhim yo‘nalishidan biriligini aytdi

Foto: Habertürk
Turkiya Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin «g‘arb bilan yaqin aloqalar mamlakat tashqi siyosatini sharqiy ufqlarda kengayishiga xalaqit» qilmasligini bildirdi. Bu haqda u Daily Sabah nashriga shunday deydi.
Kalinning ta'kidlashicha, Turkiya so‘nggi 16 yil ichida birinchi marta g‘arb bilan tashqi siyosiy aloqalardagi iliqligini yo‘qotmay, boshqa mintaqadagi hamkorlar bilan ham munosabatlarni mustahkamlash haqida o‘ylamoqda.
«Bizning NATO doirasidagi munosabatlarimiz dunyoning istalgan boshqa burchagida joylashgan davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashimizga ta'sir qilmaydi. Aynan mana shu mantiq Turkiyaning Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Lotin Amerikasida faollashib qolganini to‘g‘ri izohlashga imkoniyat beradi», deydi matbuot kotibi.
Turkiyalik mulozimning aytishicha, prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga tashrifi mamlakat tashqi siyosatida Osiyo katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.
«Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasida samarali iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirilmoqda. Erdo‘g‘anning tashrifi doirasida ham turli sohalarga oid 25ta kelishuv hujjatlari imzolandi», deydi Kalin.
Rajab Erdo‘g‘annning Janubiy Koreyaga tashrifi esa 2007 yildan buyon ilk marta, ikki Koreya rahbarlarining uchrashuvidan 3 kun o‘tib amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
-
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi
O‘zbekiston | 13:15
-
🔴LIVE: Putinning qasos va’dasi va Tramp–Mask nizosi | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 13:11
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
Mavzuga oid

23:21 / 03.06.2025
NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi

08:20 / 03.06.2025
Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi

12:25 / 31.05.2025
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi

08:50 / 30.05.2025