15 oktabr – Butunjahon ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni munosabati bilan aksiya o‘tkazildi
Ma'lumki, butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1993 yildan beri oktabr oyi ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish oyi, deb e'lon qilingan. Bundan tashqari, har yili 15 oktabr – Butunjahon ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan. Bugungi kunda ko‘krak bezi saratoni dunyo hamjamiyatini qattiq tashvishga solib, ko‘plab ayollarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Video: YouTube

Video: Facebook
Har yili mazkur sana munosabati bilan turli aksiyalar, bepul tibbiy diagnostika amaliyotlari, shifokorlar va aholi o‘rtasida ommaviy muloqotlar o‘tkazib kelinadi.
Bu yilgi tadbirda yo‘l patrul xizmati xodimlari ham faol ishtirok etdi. Ushbu kun munosabati bilan Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maxsus aksiya o‘tkazishdi. Yo‘l patrul xizmati xodimlari ayol haydovchilarga ko‘krak bezi saratonining oldini olishni eslatuvchi maxsus tayyorlangan «ko‘krak nishon belgilari» nishonlarini tarqatishdi. Bu sa'y-harakatlar o‘zbek ayollarining o‘z sog‘liqlariga e'tiborsiz bo‘lmasliklarini eslatishi shubhasiz.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ko‘krak saratoniga qarshi kurashish, aholi o‘rtasida ushbu dard bilan chalinganlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy-ma'naviy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Ko‘krak bezi saratoni kasalligining oldini oling. Shifokor ko‘rigidan domiy ravishda o‘tib turing.
Davolash qancha barvaqt boshlansa, kasallikni davolash uchun imkoniyat shuncha ko‘proq bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda saraton birinchi va ikkinchi bosqichda batamom yo‘q qilinadi. Ammo oxirgi bosqichda bemorlarga onkolog shifokorning doimiy nazorati kerak. Ko‘krak bezi saratoni bu o‘lim hukmi degani emas, faqat malakali shifokor ko‘rsatmasiga amal qilish kerak.
Avvalo, sog‘lom ovqatlanish madaniyatiga rioya etish zarur. Chunki onkologik kasalliklarning kelib chiqishiga, avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lmoqda. Ya'ni, tarkibida inson sog‘lig‘i uchun zararli moddalari bo‘lgan oziq-ovqat va ichimliklarni iste'mol qilish saratonga olib kelishi zamonaviy ilm-fanda to‘liq tasdig‘ini topgan. Shuningdek, chekish, ichish, semizlik ham saraton keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga kiradi. Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarziga to‘la rioya etish, belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish, bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi o‘z vaqtida emlatish, jismonan faol bo‘lish onkologik kasalliklarning oldini olish omillaridir.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

17:13 / 12.01.2025