Shar'iy nikoh o‘qigani uchun javobgarlikka tortish to‘g‘ri emas – Adliya vaziri o‘rinbosari
O‘zbekistonda har yili bitta tumanga 100ta noqonuniy nikoh to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqamni keltirgan senator Enaxon Siddiqovaning fikricha, ba'zida kim tomonidan o‘qilgani ham noma'lum bo‘lgan ayrim sha'riy nikohlar ajrimlar soni oshishiga ta'sir qilmoqda.
«Noqonuniy sha'riy nikoh uchun ayrim qo‘shni davlatlarimizda hatto jinoiy javobgarlik ham belgilangan», dedi Siddiqova to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi majlisida.

Senatorning bu so‘zlariga Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev munosabat bildirdi.
«Sha'riy nikoh masalasida bitta narsani to‘g‘ri tushunish kerakki, islom dinida nikohni, albatta, imom o‘qishi shart, degan narsa yo‘q. Shuning uchun biz bu borada qonun bo‘yicha ham qanaqadir javobgarlik belgilamaganmiz.
Yetarli diniy bilimga ega shaxs nikoh o‘qishi mumkinligini hisobga olsak, ularga javobgarlik belgilash unchalik to‘g‘ri emas», – dedi Adliya vazirligi rasmiysi.

Qayd etish kerak, O‘zbekistonda qonuniy nikohdan o‘tmagan fuqarolarga sha'riy nikoh o‘qigan shaxslar MJtKning 201-moddasi 2-qismi (Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish), 241-moddasi (Diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish) va 47(3)-moddasi 3-qismi (Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish) asosida jarimaga tortib kelinadi.
Shuningdek, «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma'ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma'ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan o‘qilishi shart etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Suriyaga hujum qilgan Isroil, Los-Anjyelesga dengiz piyoda qo‘shinlarini yuborgan Tramp va G‘azoda yana o‘qqa tutilgan falastinliklar – kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi
O‘zbekiston | 14:04
-
Tramp norozilik namoyishlari tufayli Los-Anjyelesga qo‘shinlarni kiritishga chaqirdi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

09:43 / 24.07.2024
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda

18:02 / 11.07.2024