«Bochka»da psixotrop modda sotgan ikki nafar shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida psixotrop modda sotayotgan shaxs tezkor tadbir davomida ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti
2022 yil 5 aprel kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li chegara tezkor xizmat bo‘limi va Bo‘stonliq tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, 30 yoshli M.J. va 23 yoshli M.T. Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida joylashgan “Bochka” kafesi ovqatlanish shoxobchasining avtoturargohida tadbirga shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 800 ming so‘m pul evaziga “Sol” Alfa-PVP moddasini sotgan vaqtida tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasida, tezkor-tadbir davomida shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqarodan olingan sariq rangli rezina qopchada bo‘lgan og‘zi mahkamlanadigan polimer paketcha ichidagi oq-sariq rangli yaltiroq kristall-kukunsimon modda tarkibida alfa-pirrolidinovalerofenon (a-RVR) moddasi mavjud bo‘lib, uning sof og‘irligi 0,101764 grammni tashkil etishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

11:20 / 30.12.2024
14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi

10:10 / 18.07.2024
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi psixotrop moddani bojxonachi qo‘lidan tortib olib, yutib yubordi

12:43 / 08.04.2024
Toshkentda yo‘l talashib janjallashgan haydovchining mashinasidan psixotrop dorilar topildi

19:37 / 19.02.2024