O‘zbekiston mudofaa vaziri Toshkentda Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan uchrashdi
Bugun, 18 may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: mudofaa.uz
Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov qozog‘istonlik hamkasbini O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, mustaqillik yillarida ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalar ekan, o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar o‘zbek—qozoq aloqalarini yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarib, ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlayotganini qayd etdi.
Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli takliflari bilan chiqdi.
Uchrashuvdan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston mudofaa vaziri hamrohligida «G‘alaba bog‘i»ga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. U yerdagi «Shon-sharaf» muzeyi faoliyati bilan tanishdi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azo, Suriya va Eron: Yaqin Sharqdagi so‘nggi o‘zgarishlar tahlili
Jahon | 19:55
-
Foto: Xerson oblasti ma’muriyati binosi yakson etildi
Jahon | 19:52
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
Mavzuga oid

13:59
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

10:52
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi tirbandlik masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

14:30 / 04.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi salkam 1,4 mlrd dollarga yetdi

22:07 / 03.06.2025